"Barselona" Arauxo o'rniga zaxira topib qo'ydi
18 dek 2025 20:36
Yangiliklar
"Barselona" Arauxo o'rniga zaxira topib qo'ydi
"Barselona" "Inter"ga markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni bo'yicha taklif jo'natdi.
Klub sport direktori Deku Milanga tashrif buyurgan va 26 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muhokamalar o'tkazgan.
"ESPN" malumotiga ko'ra, Bastoni "Barselona"da Ronald Arauxoning o'rnida o'ynashi kutilmoqda. "Barselona" yanvar oyi oxiriga qadar ham Arauxoni qaytarmoqchi emas.
Bastoni ushbu mavsumda barcha turnirlarda 19 o'yinda qatnashib, 1 gol va 4 assist qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2028 yil yoziga qadar davom etadi.
Uning transfer summasi 80 million evroga baholangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar