So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" bugun g'alabaga haqli o'ynamadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Nasaf" bugun g'alabaga haqli o'ynamadi"

Superliga doirasidagi "Nasaf" - "Navbahor" (0:1) uchrashuvidan keyin "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'yin haqidagi fikrlari bilan jurnalistlar oldida o'rtoqlashdi.

Ro'ziqul Berdiev: - "Navbahor" jamoasi bugun juda yaxshi himoyalanli. Bizga vaziyat yaratish uchun deyarli imkoniyat bermadi. Birinchi bo'limda jamoamiz men kutgan o'yinni namoyish eta olishmadi. Dastlabki taymni nega bu qadar bo'sh o'tkazganimiz sababini tahlil qilib chiqamiz. Tanaffusdan keyin tashabbusga egalik qildik. Ammo golli vaziyatlarni yaratishda oqsadik. O'ylaymanki, "Nasaf" bugun g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatolmadi. "Navbahor"ning g'alabasiga asosiy sabab, bu ularning himoyada mustahkam o'ynashganida deb bilaman. 

- Gap yoshda emas, bugungi muvaffaqiyatsizlikka jamoamiz o'z o'yinini to'liq ko'rsatolmadi. Balki o'yinga jamoani kerakli darajada tayyorlay olmagandirmiz. Kerakli so'zlarni topib berolmagandirmiz. Ha, "Navbahor" tajribali va yaxshi legionerlarga ega jamoa. Lekin biz o'z o'yinimizni ko'rsatganimizda, hisob biz uchun yaxshiroq bo'lardi. 

- Ikkinchi bo'limda futbolimizda mazmun paydo bo'ldi. "Navbahor" esa asosan natija uchun o'ynab, ko'p ham hujumga o'tmadi. Yakunda ularning bu rejasi ish berdi. 

- Aziz G'anievni maydonga tushirilishi bizga ruhiy taraflama zarur edi. Unga imkoniyat taqdim etishni boshladik. Aziz umumiy guruhda shug'ullanmoqda, o'rinbosarlar safida ham maydonga tushmoqda. Birinchi bo'limda o'yinimizga etakchi yo'qligi ko'rinib qoldi. SHu tufayli ham uni tushirishni lozim topdim.

- Humoyun Murtazoev yuqori bosimda o'ynamoqda. Oxirgi mavsumni Birinchi ligada o'tkazdi. "Mashal" va "Nasaf" jamoalarining maqsadlari o'rtasidagi farq katta. SHu taraflama unga bosim tasir qilmoqda, nazarimda. Muhimi, tezroq birinchi golini urib olishi lozim. SHundan keyin ishlari yaxshi bo'ladi. Ochilib ketadi.

- "Andijon"ga qarshi ham oson bo'lmaydi. CHunki "Nasaf" juda ham katta kuchga ega emas. Har bir o'yin biz uchun qiyin kechadi. Biz juda ham mahoratli jamoa hisoblanmaymiz. Agarda barcha o'yinga jiddiy yondoshib, bor kuchimiz bilan o'ynasak, o'shandagina natijaga erishishimiz mumkin. Agarda kuchli va mahoratli futbolchilar bo'lsa, albatta unda vazifangiz ancha engillashadi.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика