So’nggi yangiliklar

01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  0 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  1 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  5 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  12 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  22 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0

Ro'ziqul Berdiev: "Metallurg"ning chet ellik murabbiyida hech qanday uslub ko'rmadim" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Metallurg"ning chet ellik murabbiyida hech qanday uslub ko'rmadim"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan keyin mezmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- O'yin ancha asabiy tarzda kechdi. "Metallurg" ko'proq himoyaga etibor qaratib o'ynashini bilardik. Ular qarshi hujumlar va standart vaziyatlarga tayanib o'ynashdi. 

Oxirgi pallada diqqat-etiborimizni yo'qotdik va bu uchun jazolandik. Birinchi taymga nisbatan ikkinchi taymda ko'proq vaziyatlar yaratdik. 

Vaziyatlardan faqat bittasini golga aylantirdik. O'ylaymanki, raqibdan yaxshiroq to'p tepdik, ammo natija biz va muxlislar kutgandek bo'lmadi. G'alabani qo'ldan boy bergan bo'lsak-da, yigitlarga hech qanday etiroz yo'q. Ular borini berib o'ynashdi. 

- Mehmon jamoa ustozi xorijlik. Uning o'yin uslubiga qanday baho berasiz?

- Hech qanday uslub ko'rmadim. Jamoa himoyalandi va uzun paslar bilan o'ynadi. "Metallurg" AGMK bilan bellashuvda ham himoyaga tayanib, qarshi hujumda o'ynagandi. Lekin bu – futbol, balki bu u tanlagan va yoqtirgan uslubdir. "Metallurg" futbolchilari ko'p vaziyatlarda maydonga yotib olishdi, bu esa muxlislarimizga yoqmadi. Albatta, ularning tanlagan va qo'llagan taktikasi shu edi, bu ularga qo'l keldi.

- O'tkazib yuborilgan golda raqib futbolchisi (Abror Toshqo'ziev – tahr.) yolg'iz qoldirildi. Bu himoyachilarning aybimidi?

- Umumiy qilib olsak, ko'pchilikning xatosi bo'ldi. Etiborni yo'qotmaslik kerak edi. "Metallurg" kombinacion standart vaziyatlarga urg'u berishini bilardik. O'sha vaziyatda yosh o'yinchimiz Akramov diqqat-etiborni yo'qotib, xato qildi.  Gol bo'lgan vaziyatda Umid Ergashevni xatosi bormidi deb o'ylagandim, ammo keyin bilsam, to'p Husniddin Aliqulovga tegib, rikoshet orqali darvozaga kirib ketgan ekan.

-  G'olib G'aybullaev qaydnomadan joy olmadi...

- G'olib "Navbahor" bilan bahsda kichik jarohat olgandi. SHu bois u qaydnomaga kiritilmadi.

- Oldinda "Nasaf"ni OCHL pley-offi doirasidagi "Baniyas"ga qarshi muhim o'yin kutmoqda. Jamoa oxirgi 3 o'yinda g'alaba qozona olmagani futbolchilarga salbiy tasir ko'rsatmaydimi?

- Albatta, bu borada ishlaymiz. Natijalar tasir qiladi, albatta. Biroq bu kabi holatlarga oldin ham duch kelganmiz. O'ylaymanki, yigitlarni ruhiy holatini yaxshilaymiz.

- Bizdagi malumotlarga ko'ra, "Nasaf"ga O'zbekiston Kubogi mukofot puli va dekabr oyi maoshi berilmagani aytilmoqda. Bu qanchalik asosli?

- Bu narsa rost. Yo'q desam noto'g'ri bo'ladi. O'ylaymanki, bu qarzdorliklar tasir ko'rsatgani yo'q. Rahbariyat tez orada bu masalani echadi.





Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика