So’nggi yangiliklar

12:35"Камп Ноу"да чим ётқизишни ишлари бошлади  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  1 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  3 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  2 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  2 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  3 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  6 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  3 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Mening jamoam “Andijon”dan aslo kuchsiz emas" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Mening jamoam “Andijon”dan aslo kuchsiz emas"

"Andijon" - "Nasaf" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugungi uchrashuv keskin kurashlar ostida o'tdi. O'ylaymanki mening jamoam “Andijon”dan aslo kuchsiz emas. To'g'ri, bugun mag'lub bo'ldik. Lekin kelgusi bahslarda albatta yutamiz. Buga 100 foiz ishonchim komil. Bizning oldimizdagi eng asosiy vazifa – shu yosh o'yinchilarning tajriba to'plashlariga imkon berish. Bugungi bahsdagi mag'lubiyatimizga asosiy sabab – standart vaziyatlar bo'ldi. O'yin qoidasini kamroq buzishimizni aytgandim.

Gollarda darvozabonni ayblamoqchi emasman. Butun jamoa xato qildi. Natija bo'lmaganidan keyin albatta o'yinimiz ham qoniqtirmadi. Jamoamiz hali yosh. Tezkor gol o'tkazganimiz jamoaga tasir qildi demagan bo'lardim.

Ketma-ket uchinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Mana shu ruhiy vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak. Jamoamizdagi yosh o'yinchilar o'sishi kerak.

Bobir Abdixoliqovda anchadan buyon jarohati bor. Unga hozircha dam olish va davolanishga imkoniyat yaratib berdik. Kenjaboev kecha shamollab qoldi. Bundan tashqari "Paxtakor" bilan bahsda olgan jarohati hali bitmagan.

Hakamlik? Murtozaev gol urgan vaziyatda ofsayd yo'qqa o'xshadi. Lekin hali o'zim buni videoda ko'rib chiqqanim yo'q. SHu bois aniq bir gap ayta olmayman", - deydi Ro'ziqul Berdiev. 

Reyting: +57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика