Ro'ziqul Berdiev: "Menimcha, Kataloniyadagi bahs durang bilan yakun topadi"
12 mar 2014 22:40
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: "Menimcha, Kataloniyadagi bahs durang bilan yakun topadi"
Bir necha soatlardan so'ng, ECHL 1/8 final javob bahslari bo'lib o'tadi.
"Barselona" - "Manchester Siti" va "PSJ" - "Bayer" to'qnashuvi haqida "Nasaf" jamoasi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievning fikrlari bilan qiziqdik.
O'ylashimcha, bu o'yin taqdiri deyarli hal bo'lgan. Ayni paytda "Barselona" va "Manchester Siti" jamoalari o'yinida pasayish yuzaga kelgan. Bu jamoalar o'tgan o'yinlarida mag'lub bo'lishgani ham bunga misol bo'la oladi. Lekin shu unutmaslik kerakki, bu ikkala jamoalar juda boy tajriba ega kuchli klublar sanalishadi. Menimcha, Kataloniyadagi bahs durang bilan yakun topadi.
"PSJ" - "Bayer" to'qnashuvida Loran Blan jamoasi hammasini hal etib bo'lgan.
SHahboz Beg'amov

Fikrlar