So’nggi yangiliklar

22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  0 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  6 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  3 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  3 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  7 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Kubok finalidan so'ng bizda ruhiy va jismoniy charchoqlar bor edi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Kubok finalidan so'ng bizda ruhiy va jismoniy charchoqlar bor edi"

Coca-Cola Superligasining 25-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin biz uchun kutilmagan natija bilan yakunlandi. Raqib chuqur himoyalandi va bizga hujumda deyarli imkon bermadi. Oldinga o'tib tavakkal qildik va qarshi hujumda gol o'tkazib yubordik. 

Oldingi o'yinlarda ham ochko yo'qotganimiz va bugungi natija musobaqa jadvaliga tasir ko'rsatayapti. Bugungi mag'lubiyatdan so'ng imkoniyatlarimiz ancha kamayib ketdi. Oldinda bitta o'yinimiz bor va biz oxirigacha harakat qilamiz. Umumiy o'yin bo'yicha yigitlarga etiroz yo'q. O'sha kubok finalidan so'ng bizda ruhan va jismonan charchoq bor edi. Bu o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. Uydagi o'yinlarda raqiblar biz bilan chuqur himoyalangan xolda o'yin tashkil etishayapti. Bugun oldingi chiziqda vaziyat yaratadigan va hujumlarni yakunlaydigan futbolchi tarkibimizda yo'q ekani yana bir bor ko'rinib qoldi.

- "Nasaf" uydagi o'yinlarda 7 marta durang qayd etibdi. Bu natijaga qanday izox berasiz?

- Jurnalistlar uydagi o'yinlarga etibor qaratishayapti. Lekin hech kim safarda eng yaxshi mavsum o'tkazganimiz haqida gapirmayapti. Aytib o'tdim, jamoalar uydagi o'yinlarimizda bizga nisbatan chuqur himoyalangan xolda o'yin tashkil etishayapti.

-Birinchi bo'limda hakamlar jamoani ruhan sindirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgandek ko'rinmadimi?

- Yo'q, bunday emas deb o'ylayman. Biz o'zimiz kam vaziyat yaratdik va imkoniyatlarni golga aylantira olmadik. Bunga hakamlarni aloqasi yo'q bo'lsa kerak.

- "Neftchi"dan ko'ra bugun "Nasaf"ga ko'proq ochko kerak edi. "Nasaf"ni yutgan jamoaga qandaydir moddiy rag'batlar berilishi mumkin bo'lgan gaplar atrofda aylanib yuribdi...

- Biz ham uzoqdan turib eshitayapmiz. Ko'p jamoalar bizni ochko yo'qotishimizni istab harakat qilgandek ko'rinayapti. Bizga qarshi ikki karra kuch bilan o'ynashayapti. Ammo, bu borada menda hech qanday asos yo'q va biron fikr aytishim qiyin.

Reyting: -44   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика