So’nggi yangiliklar

16:49АПЛда апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 16:26Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 16:02Суперлига. 9-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор" ва "Навбаҳор" 1 нафардан йўқотишга эга   1 15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  5 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  1 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  12 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  19 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  7 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  7 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  1 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  6

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi goldan keyin tashabbus biz tarafga o'tdi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Ikkinchi goldan keyin tashabbus biz tarafga o'tdi"

Superliga 10-turidan joy egallagan "Bunyodkor" – "Nasaf" bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Uchrashuv ajoyib muhitda o'tdi. Juda ko'p muxlislarimiz kelishdi, bundan xursandmiz. G'alabani ularga bag'ishlaymiz. 

O'yinga kelsak, xato bilan boshladik. O'yindan tashqari holat yaratishda xatoga yo'l qo'yib, gol o'tkazib yubordik. Undan keyin asabiylashmadik. O'ylaymanki, jamoamiz bunga tayyor edi, shu bois oxirigacha harakat qildik. Ikkinchi goldan keyin tashabbus biz tarafga o'tdi. Bugun har taraflama raqibdan ustunlik qildik.

- Futbolchilaringiz 1 haftadan beri Timur Kapadze qo'l ostidagi terma yig'inida edi. Nega xohlagan paytda ularni qo'yib yuborib, istaganingizda chaqirib oldingiz?

- Kapadze tarkibidan faqat bir o'yinchini oldik. Bu – Husayn Norchaev. Bu kelishilgan holda shunday qarorga keldik. Kapadze, PFL va associaciya bilan kelishib, uni jalb qildik. 

- "Bunyodkor" sust qarshilik ko'rsatishini kutganmidingiz?

- Biz ko'proq o'z o'yinimizga etibor qaratdik. Yigitlarga o'yindan oldin bergan ko'rsatmalarimizda ham hammasi o'zimizga bog'liqligini tushuntirgandik. "Bunyodkor"ga imkon bersangiz yaxshi o'ynaydi. "Bunyodkor"ni kuchsiz deb bo'lmaydi. Faqat bir tekisda o'ynolmayapti, bu bugun ham ko'rindi. Ular bazida juda kuchli o'yin ko'rsatyapti, bazida esa barqarorlik etishmayapti.

- "Nasaf" juda yaxshi formaga kirib olgan paytda 11-tur o'yini qoldirildi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Bizda oxirgi o'yinlarda Nematov, Davronov va Norchaev barqaror o'yin ko'rsatib, asosiy tarkibda o'ynayotgandi. Biz ularni yo'qotib, muammoga uchramaslik uchun bu o'yinni qoldirishga qaror qildik. CHunki hujum chizig'imizda Norchaevning o'rni bo'lakcha. SHuningdek, darvozabonimiz Nematov ham guvohi bo'lganingizdek, CHempionlar Ligasida o'zini yaxshi tarafdan namoyon etdi. 

- "Nasaf" ushbu mavsumda jamoa o'zagini saqlab qoldi. Muxlislar har yilgidan ko'ra chempionlikka yaqin ekanligini aytishmoqda. Murabbiy sifatida sizning fikringiz qanaqa?

- To'g'risini aytishimiz kerak, chempionlik haqida o'ylayotganimiz yo'q. Lekin yigitlar bilan oldimizga har bir o'yinda maksimal darajada g'alaba qozonishni reja qilganmiz. CHempionlik mavsum oxirida hal bo'ladi. O'zingiz ko'rib turibsiz, joriy mavsumda 6-7 ta jamoa chempionlik uchun kurashmoqda. Albatta, bu oson bo'lmaydi. 

Har yili o'yinchilarimizni yo'qotib, muammoga uchrar edik. Bir yili jamoani yaxshi shakllantirib, 2-o'rinni olganimizda ham futbolchilarimizni qo'yib yuborib, qiyin vaziyatda qolgandik. Hozirgi kunda yigitlarimiz bilan shartnomani uzoq yillik muddatga mo'ljallaganmiz. SHu bois jamoa o'zagini saqlab qoldik va ayrim futbolchilarni taklif qildik. Biroq taklif etilganlar biz kutgandek harakat qilishmayapti. SHuning uchun birinchi davradan keyin o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

- Abubakrrizo Turdialiev Saudiya Arabistoni va Qatar jamoalaridan qiziqish bo'lmoqda. Uning aytishicha, Osiyo chempionatidan keyin transfer amalga oshishi mumkin ekan. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- U bizga tegishli o'yinchi. Lekin bu haqda sizdan eshityapman. Sizga o'zi shunday dedimi? U bu mavzuda "Nasaf" bilan maslahatlashishi kerak, hozirgi holatda unga buni taklif qilmagan bo'lardim. CHunki u bu yil "Olimpik"da ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga berildi. Endi 15 ta o'yin o'ynab, qaergadir ketishni o'ylab qolishi yaxshi emas. Arab jamoalariga tayyor holatda borsangiz bo'ladi. SHu bois o'sishni istasa, ko'proq o'yin amaliyoti beriladigan jamoaga borishi lozim.

- Qaysi futbolchingiz o'yinidan qoniqmadingiz?

- Boshida aytganimdek, o'yindan tashqari holat yuzaga keltirishda xatoga yo'l qo'ydik. Keyinroq videoda ko'rib chiqamiz. Ehtimol, Umid Ergashev vaziyatga yaqinroq kelib, chiqib kelishi mumkin edi. 

Keyin ikkinchi taymda markaziy himoyachilarimiz xato qilishdi, Umid Ergashev o'sha vaziyatda birga-bir holatda yaxshi harakat qildi. O'sha joylarda yigitlarga etiroz bildirdim. Futbolchilarimiz bir xil darajada o'ynashi uchun ko'proq ruhiy tarafdan tavsiyalar beryapmiz. CHunki jamoa ruhan qanchalik tayyor bo'lsa, har bir o'yinda barqarorlikka ega bo'lish mumkin. Yigitlarga ko'p aytaman, biz boshqa jamoadan tezroq va ko'proq yugurishimiz kerak bo'ladi. 

- Kecha "Paxtakor" bosh murabbiyi terma jamoa yig'ini tufayli qisqa muddat ichida ko'p o'yinlar o'tkazilayotganidan noligandi. "Nasaf"da ham "Paxtakor" bilan bir hil holat. 11-tur o'yini qoldirilgani tufayli o'yinchilarga dam berasizmi?

- Biz yigitlarga 30 maygacha dam berdik. Lekin bilasizlar, Olimpiya va yoshlar terma jamoalari yig'iladi. SHu bois men mashg'ulot o'tkazishimga ham o'yinchi qolmas ekan. Hisoblab ko'rsam, 8 kishi qolarkan. 

- Siz terma jamoaga va "Paxtakor"ga ancha o'yinchi etkazib berdingiz. SHuncha mehnat qilasiz, lekin tayyor futbolchini olib ketishadi. Mana Abdixoliqov Belarusda zo'r o'ynamoqda. Misol uchun, Gadoev qanday istedodli futbolchi edi. Jamoadan jamoaga o'tib, yo'q bo'lib ketdi. Sizda qilgan mehnatingizga achinish bo'ladimi?

- Albatta, bu futbolchilar bilan katta yutuqlarga erishishni xohlaysiz. Agar o'yinchilarimizni saqlab qolsak, biz maqsadlarimizni yuqori qo'ysak bo'ladi. Bazida achinishga sabablar topiladi, lekin bu – hayot, bu – futbol. Buni yaxshi tomonlari ham bor. Masalan, agar Abdixoliqov  ketmaganda, Husayn Norchaev bu darajaga chiqmasdi.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика