Ro'ziqul Berdiev: "Haqli g'alabaga erishdik"
15 mar 2014 20:35
Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Haqli g'alabaga erishdik"
"Nasaf" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qatnashdi.
Bugun haqli g'alabaga erishdik deb o'ylayman. SHogirdlarim raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. Futbolchilarim harakatidan qoniqdim deb ayta olaman. Ushbu g'alaba uchun yigitlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Jamoamiz bugun mazmunli o'yin ko'rsatdi.
Futbolchilardagi kuchli ishtiyoq va xohish bugungi g'alabamizga zamin yaratib berdi.
Igor Taranni engil jarohati borligi sabab, bugungi o'yinda ishtirok eta olmadi. Bizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, lekin vaziyatlardan foydalanishga kelganda, aniqlik etishmayapti. Bu ustida kerakli ishlarni amalga oshiramiz.
"Lokomativ"ga qarshi bo'ladigan o'yin haqida gapiradigan bo'lsam, bugungacha faqat "Dinamo" bilan bo'ladigan o'yin hakida bosh qotirayotgandim. "Nasaf" jamoasi har qanday raqibni mag'lub eta oladi. Biz har bir o'yinda faqat g'alaba haqida o'ylaymiz. "Lokomotiv"ning kamchiligi shundaki, ularda futbolchilar va murabbiy almashgan. Bunday vaziyatlarda jamoa o'z o'yinini topib olishi uchun vaqt talab etiladi. Ayni paytda hech bir jamoa ideal formada emas. Bizni qo'llab-quvvatlagan ishqibozlarimizga ham o'z minnatdorchiligimni bildirib o'taman.
SHahboz Beg'amov

Fikrlar