Ro'ziqul Berdiev: “Futbolda yaxshi o'ynab ham mag'lub bo'lish mumkin ekan”
06 apr 2014 19:06
Yangiliklar


Ro'ziqul Berdiev: “Futbolda yaxshi o'ynab ham mag'lub bo'lish mumkin ekan”
"Navbahor" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so'ng "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev qisqacha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yaxshi o'ynab turib mag'lub bo'lish ham mumkin ekan. Ikki xil bo'lim guvohi bo'ldik. Birinchi bo'limda "Navbahor" ochiq futbol o'ynadi, biroq gol urgach himoyaga o'tib oldi. Ikkinchi bo'limda raqib 9 kishi bo'lib himoyalandi. Albatta qiyin bo'ldi. Biz o'zimiz yaratgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. "Lochinlar" posboni ham yaxshi o'ynadi", - deydi Ro'ziqul Berdiev.

Fikrlar