Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga guruhdagi to'rtta jamoa ham g'alaba uchun o'ynaydi"
22 apr 2022 17:24
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga guruhdagi to'rtta jamoa ham g'alaba uchun o'ynaydi"
"Hammasi tushunarli, ertaga ikkala jamoa ham, umuman guruhdagi to'rtta jamoa ham g'alaba uchun o'ynaydi. CHunki hech qaysi jamoa guruhdan chiqish vazifasini hali bajarmagan. SHu bois har bir jamoa g'alaba uchun harakat qiladi", - dedi Ro'ziqul Berdiev.

"Ertangi o'yin ikkala jamoa uchun ham muhim. "Al Sadd"ni yaxshi o'rgandik, xudo xohlasa g'alaba qoznib muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. Hali oldimizdagi vazifani bajarganimiz yo'q, maqsadimiz guruhdan chiqish", - dedi Abduvohid Nematov.

- Guruhdagi eng yaxshi himoya sizlarda, ammo eng yomon hujum ham sizlarda. Ertaga ko'proq hujumkor o'yin namoyish etasizlarmi?
Ro'ziqul Berdiev: - To'g'ri aytib o'tdingiz, himoyada yomon o'ynamayapmiz, lekin hujumdagi ishlarimiz yurishmayapti. Ammo futbolda yaratilgan vaziyatlarni faqat hujumchilar emas qolgan ampluada o'ynayotganlar ham yakunlashi kerak. Ertaga biz asosiy urg'uni jamoaviy o'yinga qaratamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar