So’nggi yangiliklar

19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:41Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср. Таркиблар маълум  28 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  3 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  1 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2 17:32Мбаппе Франция терма жамоаси ихтиёрини тарк этди  0 17:15U-19 чемпионати. "Пахтакор" Тошкент дербисида зафар қучиб, финалга йўл олди  2 17:07Леон Якирович: "Ўзбекистон сифатли ўйин кўрсатади, лекин натижа ўзимизга боғлиқ"  3 16:40Андрия Буркар: "Ўз ўйинимизни намойиш этсак, Ўзбекистонни қийин аҳволга тушириб қўямиз"  8 16:22ФИФА пенальтидан кейинги зарбани тақиқламоқчи  5 15:55Норвегия 99,9% ЖЧда! Эстонияга қарши кечган қийин ўйин тақдири 6 дақиқа ҳал қилинди!  10 15:35Миср ва Ўзбекистоннинг ўйин услублари ўхшаш бўлганми? Эктор Купердан жавоб  6 15:18А Сериянинг октябрдаги энг яхши футболчиси оғир жароҳат олди ва Африка Миллатлар Кубогини ўтказиб юборади  0 14:491995 йилги Нигерия билан ўйинлар, Кападзенинг дебюти, Наманганда меҳмон Уганда — Африка вакиллари билан ўйинларни эслаймиз  7

Ro'ziqul Berdiev: "Durang adolatli natija bo'ldi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Durang adolatli natija bo'ldi"

Coca-Coca Superliganing 25-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Bugungi o'yin kurashlarga boy o'tdi. Oxirgi vaziyatlarni aytadigan bo'lsak, jamoamizdan omad yuz o'girdi. Ko'rdinglar to'p 2 marta darvoza ustuni va to'siniga tegib qaytdi. "So'g'diyona" kurashuvchan jamoa va tayyorgarligimiz shunga yarasha edi. Durang natija vaziyatni yanada murakkablashtirdi. So'ngi turgacha qaysi jamoa kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishi noaniq bo'lib qolmoqda. Bu oxirgi yillarda uchramayotgan xolat. CHempionatimizni oxirini hisobga olsak, nazarimda qiziq o'tayapti. Durang adolatli natija bo'ldi, har ikki jamoa g'alaba uchun kurashdi.


- Bugun tarkibda qo'l urgan o'zgarishlaringizni qanday izoxlaysiz?

- Biz keyingi o'yinni ham hisobga oldik. 3 kundan so'ng AGMK jamoasi bilan O'zbekiston kubogi yarim finalida o'ynaymiz. SHu sabab ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qildik. 


- CHempionat ishtirokchilari soni oshirilishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Mutaxassis sifatida bu boradagi fikringiz qanday?

- Albatta, chempionat ishtirokchilari sonining oshirilishi bir jihatdan yaxshi, o'yinlar soni ko'payadi. Lekin avval biz bunga tayyor bo'lishimiz kerak. Superliga ishtirokchilari soni ortsa, Pro-liga va Birinchi ligaga bo'lgan qiziqish kamayib ketishi mumkin. Bu juda chuqur o'ylanib har taraflama xulosa chiqariladigan masala. Faqat Superligani o'ylasak, quyi ligalarga nisbatan etibor susayib ketishi mumkin.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика