So’nggi yangiliklar

14:29Қатар ва Саудия Арабистони клублари Модричга даъвогарлик қилмоқда  0 14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  1 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  4 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  7 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  2 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  1 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  5 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  6 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  12 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  9 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  4 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  8

Ro'ziqul Berdiev: "CHempionlar ligasida o'ynash uchun bizda faqat bitta yo'l qoldi – O'zbekiston kubogi finalida g'alaba qozonish" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "CHempionlar ligasida o'ynash uchun bizda faqat bitta yo'l qoldi – O'zbekiston kubogi finalida g'alaba qozonish"

Superliganing yakuniy 26-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Lokomotiv" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.





- O'yin haqida

- Bahs qiyin kechishini bilardik. CHunki bundan oldin qiyin o'yin o'tkazgandik, toliqish bor edi. Natija uchun harakat qilishimiz lozim edi, ammo o'yindagi qizil kartochkadan keyin hammasi tubdan o'zgarib ketdi. Bu mag'lubiyatimizga asosiy sabablardan biri bo'ldi. Ehtiyotkorroq o'ynashimiz kerak edi, lekin buni amalda bajara olmadik va mag'lubiyatga uchradik. Juda alamli mag'lubiyat bo'ldi, chunki sovrinli o'rinlardan birini egallashni istagandik. Biroq bu – futbol. O'shanga mag'lubiyatni to'g'ri qabul qilamiz.

- Jo'rabek Mannonovning maydon markazidagi harakati katta tavakkal edi. Murabbiy sifatida bu "Nasaf" uchun qimmatga tushdi deb hisoblaysizmi?

- Ha, albatta. O'yin oldidan yigitlarga o'yinda VAR tizimi ishlashini takidlagandik. Qizil kartochka, ofsayd va penalti bilan bog'liq holatlarda ehtiyorkor o'ynashlarini uqtirgandik. Kutilmaganda Mannonov qo'pollik ishlatib, jamoani qiyin ahvolda qoldirdi. Biz ko'proq himoyaga etibor qaratib, yuqori bo'lmagan tempda o'ynashni rejalashtirgandik.

- Kubok o'yinida Marko Stanoevichning o'rnini qaysi futbolchi bilan to'ldirishni rejalashtiryapsiz?

- Bizda katta zaxira yo'q. Asosan, bitta tarkib bilan harakat qilyapmiz. SHu bois ichki zaxiramizdan maksimal foydalanamiz. 

- "Nasaf" o'rinbosarlari uchinchi o'rinni olishdi. Umuman olganda, kelasi mavsumda yoshlar tarkibidan kimlar asosiy jamoaga jalb qilinadi?

- Albatta, asosiy tarkibga jalb qilinadigan futbolchilar bor. Bunga etibor qaratamiz.

- "Nasaf"ning O'zbekiston kubogini olish imkoniyatini qanday baholaysiz?

- CHempionlar ligasida o'ynash uchun bizda faqat bitta yo'l qoldi – O'zbekiston kubogi finalida g'alaba qozonish. 

-  "Nasaf"ning mavsumdagi umumiy muammosi?

- Oldinroq aytganimdek, muammolardan biri – tarkibimiz, zaxira o'rindig'imiz u qadar keng emasligi. SHu tufayli bitta tarkib bilan o'ynab kelyapmiz. Bugungi o'yinda charchoq alomati "Lokomotiv"ga qo'l kelishini bilardik, chunki ular to'pni yaxshi nazorat qiladi. Jamoamizning 90 daqiqaga kuchi etmasligini "temiryo'lchilar" yaxshi bilib turishgandi. 

- Mavsum yakuniga etmoqda. Futbolchilarga takliflar ham kelib tushadi. "Nasaf" tarkibi negizi saqlab qolinadimi?

- Ko'pchilik futbolchilar shartnomalarini uzaytirishdi. Menimcha, jamoa negizi saqlab qolinadi. SHuningdek, yaxshi o'yinchilarni tarkibga jalb etishimiz kerak bo'ladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика