So’nggi yangiliklar

14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  5 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12

Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi kun futbolida jamoalar himoyaviy o'ynamoqda" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugungi kun futbolida jamoalar himoyaviy o'ynamoqda"

Coca Cola Superligasining 20-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Nasaf" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz...

- Bugun ochiq o'yin guvohiga aylandik. “Olimpik” yo'qotishlarga qaramasdan yaxshi o'yin namoyish etdi. Ikkala jamoa ham ochiq o'yin ko'rsatgani uchun ko'p hujum sodir etildi. Biz o'z vaziyatlarimizdan unumli foydalandik va g'alaba qozondik.

- Hisob 2:1 ko'rinishini olgach, jamoa beshta himoyachi bilan o'ynadi va o'z ahvolini biroz qiyinlashtirib yuborgandek tuyuldi. “Olimpik” hisobni tenglashtirishga ham yaqin keldi. Bu qaror qanchalik to'g'ri bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Ikkinchi bo'limni sekin boshladik, biroz bo'shashdik. Raqib esa yaxshi hujum qildi va gol urdi. SHuning uchun himoyada jipslashib o'ynashimiz kerak edi. Sxema o'yindan oldin rejamizda bor edi. Biz bu taktikada ham yaxshi o'ynaymiz. Raqib hujum qilganida, ushbu taktikani qo'lladik. Bu holatda ham yaxshi hujumlar tashkil qildik, uchta vaziyat sodir etildi va ularning biridan unumli foydalandik. SHogirdlarimga tanaffus vaqtida bo'shashmasliklarini aytgandim.

- Qarshi hujumlar paytida standart vaziyatlarda Husniddin Aliquvlovdan so'ng Alibek Davronov bosh bilan juda zo'r o'ynay olishini isbotladi. Biroq u bugungi bahsda ishtirok etmadi. Futbolchilarni FIFA kunlari bo'lmagan vaqtda olib ketilishiga qanday qaraysiz?

- Zamonaviy futbolda standartdan foydalanish juda muhim hisoblanadi. Juda ko'p o'yinda standartdan foydalanish zaruratga aylandi. Bugungi kun futbolida jamoalar, asosan, himoyaviy o'yin ko'rsatishni boshlamoqda. SHuning uchun standart vaziyatlar juda muhim bo'lib qoldi. Alibek ikkinchi qavatda juda yaxshi o'yin ko'rsata oladi. Bu biz uchun katta yo'qotish edi. shunga qaramay, boshqa uslubda ham o'ynay olamiz. Biz beshta himoyachi bilan ham yaxshi o'yin ko'rsata olamiz. “Al Faysali”ga qarshi bahsda hisob 1:0 payti ushbu uslubda yaxshi o'yin ko'rsatgandik.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика