So’nggi yangiliklar

15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  0 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  3 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  2 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  3 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  2 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  2 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  12 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  10 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  1 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  3 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun jamoamiz ko'rsatgan o'yin meni qoniqtirmadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun jamoamiz ko'rsatgan o'yin meni qoniqtirmadi"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Bugun ikki jamoa ham g'alaba uchun harakat qildi. O'yin davomida hech bir jamoada yaqqol ustunlik kuzatilmadi. Oxirida omadimiz kelib gol urib ketdik va g'alabaga erishdik.

To'g'risini aytganda, bugun jamoamizning o'yini meni qoniqtirmadi. Bunday bo'lishini avvaldan bilgandim, chunki jamoaning xolati biz kutganchalik emas. SHunday bo'lsa ham bugun safarda qiyin jamoa ustidan g'alabaga erishdik. 

- "Nasaf" o'yin davomida 2 ta vaziyatda feyr-pleyga amal qilmagandek ko'rindi. Bunga izohingiz qanday?

- Oybek Rustamov yiqilganidan so'ng ko'rgan bo'lsangizlar to'p birinchi Slavko Lukichda edi. U oldinga uzatma berishda xatoga yo'l qo'ydi. SHundan so'ng biz to'pni egallab oldik. SHu sabab biz o'ynab ketdik. Albatta, bu vaziyat uchun biz yigitlar bilan gaplashamiz. Bu futbol va qaerdadir shunday xolatlar uchrab turadi.

- Gol bo'lgan vaziyatda mezbonlar posboni Muzaffar Abdullaevga nisbatan qoida buzilgandek ko'rindi. Bu vaziyat borasida fikringizni bilsak...

- O'sha vaziyatda hakamlar bizga nisbatan yaqinroq turgandi. Buni hozir gapirayapmizu lekin o'sha xolatni takroran ko'rish kerak. Standart vaziyat edi, bunaqa xolatlarda hakamlarning diqqat etibori yanada ortadi. Fikrimcha, bu erda xatolik yo'q edi.

- "Nasaf" OCHLda guruh bosqichidan chiqdi. Ijobiy natijadan kelib chiqib jamoa vakillariga xorijdan takliflar tushmadimi?

- Hozircha bizda biron aniq taklif yo'q. Lekin o'sha joyda ko'rdik, jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarni juda ko'plab futbol agentlari kuzatishdi. 

- "Qo'qon-1912" jamoasining bugungi o'yini durang natijaga mos edi deb hisoblaysizmi?

- Albatta, bizga ozroq omad kulib boqdi. Bugungi o'yinda shamol esayotgani o'yin sifatiga tasir ko'rsatgan bo'lishi mumkin. Biz mezbonlardan bugun cho'chib turgandik. CHunki jamoamizning ayni vaqtdagi xolatini yaxshi deb bo'lmas edi. Og'ir o'yinlarni o'tkazib keldik, tiklanishga 3 kundan kamroq vaqt bo'ldi. "Qo'qon-1912" o'yinlarini ko'rib chiqdik, jamoa uzun uzatmalar va standart vaziyatlarga suyanadi. SHu sabab biz yigitlarga standart vaziyatlarga ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlari lozimligi haqida tushuntirdik. Bugun mezbonlar maydonda bizdan ko'ra yaxshiroq harakat qilishdi.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика