So’nggi yangiliklar

21:00Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон (матнли трансляция)  29 20:59Криштиану Роналду Дональд Трамп билан учрашади  0 20:33Асилбек Алиев Осиё кубогига борса, бир нечта ўйинни ўтказиб юборади  14 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  392 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  6 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  35 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1

Ro'ziqul Berdiev: "Bobir Abdixoliqov uchun xursandmiz" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bobir Abdixoliqov uchun xursandmiz"

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Lokomotiv" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- G'alaba uchun ham, Bobir Abdixoliqov uchun ham juda ham xursandmiz. O'yin nazoratimiz ostida o'tdi. Xotirjam g'alabaga erishdik. Tezkor gol ishimizni engilashtirdi. SHundan so'ng raqib oldinga o'tishga majbur bo'ldi va bu holat bizning imkoniyatlarimizni oshirdi. 

- Bugun o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkon berdingiz. Bu Superkubokdan so'ng jamoa asosiy tarkib vakillariga dam berish maqsadida edimi? Yoki raqibdan kelib chiqib shunday uslub tanlandimi?

- Bunga bog'liq jihatlar ko'p edi. Bizda Superkubokdan keyin ayrim futbolchilarda toliqish holatlari bor edi. SHuningdek, poziciya bo'yicha o'zgarishlar qildik. Bobir Abdixoliqovni oldinga chiqardik. Kenjaboev o'rnida Temur o'ynadi. Bir necha sabablar bor. Barchasi vazifasini yaxshi bajarishdi.



- Jamoaga taklif etilgan futbolchilar borasida bazan bosh murabbiy xato qilgandek ko'rinadi. Lekin turlicha o'yinlar bor va jarayonga qarab kishidagi fikr o'zgaradi. Masalan, bugun Bobir Abdixoliqov borasida barchadagi fikr ijobiy bo'ldi. SHu haqida fikringiz?

- Biz futboldamiz, bu haqida avval ham aytganman. Futbolda barchaga birdek yoqish qiyin, har kim turlicha fikr bildiradi. Bu narsaga ko'p etibor qilmaymiz. Biz kimni jamoaga taklif qilsak, futbolda kirishib ketish degan muhim jihat bor. Hozir ko'rayapmiz, jamoamizga taklif etilgan futbolchilar o'yindan-o'yinga yaxshi tarafga o'zgarayapti.

- "Nasaf" Qarshida 2018 yildan buyon yuta olmayotgandi. Qanday faktor jamoa "Lokomotiv"ni yuta olmayotganiga sabab bo'lgandi?

- Statistika bo'yicha shunday ekanmi? Bunga qaramagan ekanman. Bu "Qora anana"ni buzganimdan xursandmiz. Bu statistika to'g'ri bo'lsa, biz uchun juda muhim g'alaba bo'libdi.




Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика