So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Ro'ziqul Berdiev: "Bizga qarshi raqiblar bazida 6, bazida undan ham ko'p futbolchilar bilan himoyalanadi" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bizga qarshi raqiblar bazida 6, bazida undan ham ko'p futbolchilar bilan himoyalanadi"

Coca Cola Superligasi 18-turi doirasida "Surxon"ga qarshi o'yindan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin og'ir o'tdi, g'alabaga osonlikcha erishmadik. "Surxon"ning o'yin tashkil qilishi, himoyalanishi, futbol o'ynashi nafaqat bizga emas, balki barcha jamoalarga qiyinchilik tug'diradi. Tarkibda ham, o'yin sxemasida ham o'zgarishlar qildik. Bu qaysidir manoda o'zini oqladi. Lekin hisob 2:0 ko'rinishiga kelganidan keyin futbolchilarim hisobni ushlash uchun o'ynab, raqibga vaziyat yaratishga imkoniyat berishdi, bundan ular unumli foydalanishdi. Asosiysi - to'pni g'alabani ushlab qolishga harakat qildik va buni uddaladik.

- Bugun jamoaning sxemasi o'zgargani uchun oldingi "Nasaf"ni ko'rgandek bo'ldik. "Paxtakor" bilan ham jamoa zo'r o'ynadi. Xuddi 3 himoyachi bilan o'yin chiqmayotgandek bo'ldi. Biroq ikkinchi goldan keyin jamoa yana sust o'yin ko'rsatishni boshladi.

- Fikringizga qo'shilmayman. Biz ikkala sxemada ham ko'p o'ynaganmiz. Oldingi o'yinlarda 3 markaziy himoyachi bilan o'ynaganimizning sababi bor. Birinchidan - tarkibimizda O'zbekistonning to'rt nafar eng yaxshi himoyachilari bor edi. Ularning barchasidan unumli foydalanish uchun shu sxemaga o'tgandik. SHuningdek, qanot yarim himoyachilarimiz kam bo'lgani uchun ham bu sxemani tanlagandik. 5 himoyachili taktikamiz "Paxtakor" bilan o'yinda ham naf berdi. Bugun nafaqat sxemamiz o'zgargani, balki, ayrim futbolchilarga ham imkoniyat berganimiz o'yinimizning yaxshi chiqishiga sabab bo'ldi. Bugun to'pni nazorati ham yaxshi bo'ldi, kombinacion va qarshi hujumlarimiz ham yaxshi ko'rinish oldi. SHu sababli biz ikkala sxemadan ham foydalanamiz. Biz qo'l ostimizdagi bor futbolchilarning holatidan kelib chiqamiz. Agarda Sizning ham jamoangizda Aliqulov, Davronov, G'aybullaev, Eshmurodov kabi himoyachilar bo'lsa, qaysi birini zaxiraga o'tkazishni o'ylab qolasiz. Ikki markaziy himoyachi uslubida o'ynasak, ikki himoyachini zaxiraga o'tkazishim kerak bo'lib qoladi. Endi futbolchilarni almashtirib, shu sxemada o'ynayveramiz.

- Ushbu sxema ostida ko'plab jamoalar o'ynay boshladi. Bu o'zbek futbolida odatga aylandimi yoki jamoalar natijani asosiy planga olib chiqdimi?

- Ikkinchi fikringiz juda to'g'ri. O'tgan safar ham shu gapni gapirgan edim. Jamoalar hozirda natijani birinchi o'ringa qo'ydi. Hatto 4 himoyachili taktikada bazida ikki qanot yarim himoyachilari himoyaga yordamga keladi va jamoa 6 kishi bo'lib himoyalanadi. Ayrim o'yinlarda raqiblar bundan ham ko'proq bo'lib himoyalanishyapti. SHu sababli bu o'zbek futbolida tendenciyaga aylanib qolyapti. Natija berayotgani uchun jamoalar himoyaviy uslubga o'tishyapti. Buni biz jahon chempionatida ham ko'rdik. Masalan Argentina termasi ham pozicion himoyalanib, hujumga o'tish yo'lini tanladi. Franciya termasida ham bu kuzatildi.

- Abduvohid nematov maydonga tushmayapti.

- Umidjon Ergashev yaxshi o'yin ko'rsatayotgani uchun u maydonga tushmayapti.

- CHaves jamoaga kelganidan keyin juda jangovarlikni namoyish qilmoqda. Bu jamoadagi raqobat sabablimi yoki uning o'zi shunday o'ynayaptimi?

- Raqobat borligi yaxshi. Jamoada ko'p futbolchi bo'lsa, rotaciyada yaxshi bo'larkan. Qachonki jamoa ko'plab o'yinlarda ishtirok etsa, bu narsa juda asqotadi. So'nggi o'yindan keyin tarkib tanlashda qiynalmadik. Bu ham bir engillik tug'diradi. CHavesni katta umidlar bilan olib kelgandik. U orqali hujumdagi samara oshishini, raqobat yaxshilanishini o'ylagandik. Biroq uning jamoaga moslashishi kechikyapti. SHuningdek, uning kichik jarohati bor. SHu bois uni o'yinlarga jalb qilmayapmiz. Raqobatning bo'lgani yaxshi. Hujumchilardan doimo samaradorlikni talab qilamiz. Limadan ham shuni istaymiz. O'tgan safar aytganimdek, Lima to'pni ushlab turishda juda yaxshi. Biroq bizga vaziyatlarni yaxshi yakunlay oladigan hujumchilar kerak.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика