So’nggi yangiliklar

13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  0 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  1 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  1 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  11 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  7 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1

Ro'ziqul Berdiev: "Biz bitta turnirni tanlashimiz kerak" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Biz bitta turnirni tanlashimiz kerak"

"Navbahor" hamda "Nasaf" o'rtasidagi Superliganing 22-tur o'yinidan (0:1) so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev bahs haqida fikr bildirdi.

Ro'ziqul Berdiev: "Bugun o'yin tezligi va tempi yuqori bo'lmadi, ammo sifat aksincha. Vaziyatlar bo'yicha gapiradigan bo'lsak, "Navbahor" ham g'alabaga munosib o'yin ko'rsatgandir. Lekin ikkinchi bo'limda omadimiz keldi. Muhim o'yinda zafar quchdik va bu g'alaba mavsum oxirida rol o'ynaydi deb o'ylayman".

- "Nasaf" bugun o'z oldigan qo'ygan rejalarni necha foizga bajardi va qaysi chiziq o'yinidan ko'nglingiz to'ldi. "Navbahor"ning qaysi chizig'i oqsadi?

- Rejamiz g'alaba edi va u amalga oshdi. Birinchi bo'limda yigitlarning o'rnini almashtirib, 4-4-2 sxemasida harakat qildik, Oston O'runov maydonga tushgnidan so'ng maydonda yigitlar joylashuvini 5-4-1ga o'zgartirdik. Futbolchilarimiz oxirigacha kurashishdi. "Navbahor"da jarohatlanganlar va charchoq borligi tasir qilgan bo'lishi mumkin.

- "Nasaf"ni bu bahsdan so'ng yana og'ir o'yinlar kutib turibdi. "Paxtakor", "SHarja", OKMK... Jamoa bunday taqvimga qanchalik tayyor?

- Bu bizni o'ylantirmoqda. Biz bitta turnirni tanlashimiz kerak. Yigitlarning tiklanishiga ko'proq etibor qaratamiz. "Paxtakor"ga qarshi tayyorlanamiz. Tarkibda yo'qotishlar borligi ham tasir qilyapti. Bu hali zararimizga ishlashi mumkin. Bor kuchimizni ishga solamiz.

- Jamoangizdagi legionerlar siz kutgan o'yinni ko'rsatyaptimi? CHaves haqida gapiryapman.

- CHavesdan ko'p narsa kutgandik. Muxlislar ham yuqori baho bergan edi. Ammo kelganidan so'ng jarohat oldi va formasidan chiqib ketdi. Gruziyalik futbolchimiz o'tgan bahslarda yaxshi yordam berdi, bugun jarohati borligi sabab maydonga tushmadi. Legionerlardan to'liq qoniqayotganim yo'q.


Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика