So’nggi yangiliklar

15:11Саудия Арабистони клуби Салоҳ билан музокаралар олиб бормоқда, ушбу клубга ван Дейк ҳам қизиқ  0 15:10"Пахтакор" — "Динамо" 2:2 (Матнли трансляция)  16 14:37"Ювентус" — "Кальяри". Влахович асосий таркибда  1 14:00Рустам Турдимуродов: "Бутун стадион қизил рангга бурканди. Якунда "Андижон" ғалаба қозонишини кўнглим сезганди"  2 13:40Фарҳод Соҳибжонов: "Бу биз учун сўнгги финал эмас. Юрагим бироз оғриб қолди"  1 13:37Алонсо Бундеслигадаги 68% ўйинни ютди. Фақатгина Пеп, Флик ва Анчелоттида кўрсаткич ундан яхшироқ  3 13:15Бектемир Абдуманнонов: "Бу ғалабани раҳматли бувимга бағишлайман"  1 12:21Ўзбекистон кубоги тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:56"Месси ПСЖда вазият расво бўлганини айтди". "Шарлотт" собиқ ўйинчиси Лионель билан суҳбат ҳақида  9 11:24"Реал" собиқ хавбеки Гаго топ-клуб бош мураббийига айланади  0 10:47Кечаги учрашувда "Ливерпуль"нинг бир йўлла икки нафар асосий таркиб футболчиси жароҳат олди  2 10:10Ортиқча баҳоланган футболчилар рўйхати тузиб чиқилди  8 09:33Салоҳ учун асосий даъвогар жамоа маълум  0 09:00Саудия чемпионати. "Ал Наср" - "Ал Оруба" 3:0, Манеда дубл Роналдуда 1+1  0 08:56Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Динамо"ни меҳмон қилади  4

Ro'ziqul Berdiev: “Afsuski, bo'lajak o'yin oldidan tarkibimizda yo'qotishlar bor” Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: “Afsuski, bo'lajak o'yin oldidan tarkibimizda yo'qotishlar bor”

"Nasaf" - "Buxoro" (3:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaning ikkinchi qismida Ro'ziqul Berdiev va Bobir Abduxoliqov ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: - “Buxoro” jamoasida tajribali o'yinchilar yig'ilishgan, bugungi uchrashuvdan keyin jamoa oldiga bemalol chempionlik vazifasini qo'ysa ham bo'lar ekan degan, fikrga keldim. Jamoada yuqori tajribaga ega futbolchilar jam bo'lgan. Ammo futbolchilarimizning bugungi ko'rsatgan o'yiniga alohida minnatdorchilik bildiraman, raqibga nisbatan tezroq o'ynadik va fikrladik. Bu orqali bugun biz ishonchli g'alabaga erishdik. Guvoh bo'ldilaringiz, futbolchilarimiz bugun o'z xarakterini ham namoyish qilishdi. O'sha birinchi goldan keyin ular tushkunlikka tushishmadi va oldinga borishdi. Natijada ishonchli g'alabani qo'lga kiritdik. Bu holat albatta murabbiylarni xursand qiladi. Yigitlarimizning o'yinidan mamnunman. Ularga yana bir marta rahmat aytaman.

Biz raqibni yaxshi o'rgangan edik. Raqib futbolchilarini asabiylashishi uchun, futbolchilarimizning tezkor harakatlari ham sabab bo'ldi. Biz bunga tayyor edik. Raqib qupol o'ynaydimi yoki boshqachami, qo'rqmasdan o'ynash kerak. Boshqacha aytganda futbolchilarimizning ham endi yoshligi qolmadi. Ular har qanday raqib bilan munosib kurashishi kerak.

Dragan CHeran? Hujumchimiz ayni paytda uyda muolaja olayapti. Biz u bilan aloqada bo'lib turibmiz. U ertaga Qatarda bo'ladi va navbatdagi o'yinga tayyor. Aslida uni tezroq maydonga qaytishi uchun yurtiga yuborgan edik. CHunki u erda bu jarohatlarni tez davolaydigan mutaxasislar ko'p. U bizga kerak, ketma-ket og'ir o'yinlarni o'tkazayapmiz, u buni yaxshi anglab turibdi.

Doniyor Narzullaev? Doniyorga agar bugun ruxsat bersak, maydonga tushishga tayyor. Ammo u kerakli muolajalarni olishi kerak, shifokorlar shuni talab qilishayapti. O'ylaymanki, u bir oylarda safimizga qaytadi.

Afsuski, bo'lajak o'yin oldidan tarkibmizda yo'qotishlar bor. Biz bu haqda chuqur o'ylab rejalar tuzib qo'ydik. Buni hozir ochiq ayta olmayman.

Jahongir Aliev? Uni albatta maydonda ko'rasizlar. Biz bu futbolchimizni xizmatidan hali ko'p foydalanimiz, unga hali ko'p imkoniyat beramiz. Bugun uning maydonga tushirilmaganiga sabab, taktikamiz boshqacharoq bo'ldi. SHuning uchun Islom Kenjaboevni maydonga tushirdik. Biz tarkibimizdagi barcha o'yinchilarimizga imkon beramiz. Maydonga kamroq tushayotgan o'yinchilarimiz borasida boshqacha fikrga bormasliklaringizni, so'ragan bo'lardim.

Bobir Davlatov? Bobirni yoshlarimiz terma jamoasida qanday o'ynaganini bilasizlar. Bu futbolchimiz hozir jamoamizga moslashish jarayonini o'tkazayapti. Bobir Davlatov ham jamoamizga hali ko'p yordam beradi. Biz barcha futbolchilarimizga imkoniyat beramiz. Ular bunga tayyor turishlari kerak.


Bobir Abduxoliqov: - Avvalom bor assalomu alaykum. So'zimni boshida muxlislarimizga tashakkur bildiraman. Ular bugun bizni oxirigacha qo'llab-quvvatlab turishdi. Bugungi g'alabamizni muxlislarimizga bag'ishlaymiz. Ularning xursand bo'lishi uchun doimo borimizni beramiz. Navbatdagi o'yinlarda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.  

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика