Ro'zimboy Ahmedov: "Gollarim bilan “Neftchi”ga foyda keltirishga harakat qilaman"
03 iyu 2014 12:32
Yangiliklar

Ro'zimboy Ahmedov: "Gollarim bilan “Neftchi”ga foyda keltirishga harakat qilaman"
"Neftchi" - "Dinamo" (1:0) bahsida yagona golga mualliflik qilgan Ro'zimboy Ahmedov uchrashuvdan so'ng, "FE" gazetasiga intervyu berdi.
Quyida ushbu suhbatdan bahramand bo'lishingiz mumkin.
- Matbuot anjumanida Murod Ismoilov bugun eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatdik degan gapni aytib o'tdi. Siz ham bu fikrga qo'shilasizmi?
- Ha, bungacha 9ta uchrashuv o'tkazgan bo'lsak, “Dinamo”ga qarshi bahsda eng yaxshi o'yinimiz ko'rsatdik. Bugun ahil jamoa bo'lib g'alaba qozonish uchun oxirigacha kurash olib bordik. Samarqandliklardan ko'ra biz ko'proq yutishni xohladik. Garchi penaltidan foydalana olmagan bo'lsak-da, bundan tushkunlikka tushmay gol urish uchun oxirigacha harakat qildik. Bu urinishlarimiz o'z samarasini berdi. Asosiysi, bizda ishonch bor edi. Bugun haqiqiy o'yinimizni namoyish eta oldik. Avvalgi uchrashuvlarda bizga omad etishmayotgandi. Bundan tashqari ayrim o'yinchilarimizga jarohatlar halaqit berayotgandi. Nihoyat o'z o'yinimizni topib oldik.
- “Dinamo” sobiq klubingiz hisoblanadi. SHu bois bu jamoaning qanday o'ynashini yaxshi bilardingiz. Samarqandliklarning o'yiniga nima deysiz?
- Men o'ynagan vaqtdagi “Dinamo” bilan hozirgi jamoa o'rtasida farq bor albatta. Samarqandliklarni Ravshan Haydarov boshqarmoqda va bu murabbiyning o'z o'yin uslubi bor. Hozirgi tarkibga ham yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Tojiev va Aliqulovda tajriba katta va ular jamoaga foyda keltirishga harakat qilishyapti. “Dinamo” bizga qarshi yomon o'yin ko'rsatmadi. Bu jamoani yaxshi bilganim uchun ularga qarshi o'ynash menga qiyinchilik tug'dirmadi.
- Gol urilgan vaziyatda Gvazava sizga to'pni aniq etkazib berdi. Mashg'ulotlar jarayonida buning ustida ko'p ishlaganinglar ko'rinib turibdi.
- Gvazava mahoratli futbolchi va qanday pas berishni yaxshi biladi. To'g'ri, mashg'ulotlarda bu usuldan ko'p foydalanganimiz o'z samarasini berdi. Gvazavada to'pni aniq etkazib berish qobiliyati bor. O'sha vaziyatda Levan to'pni qanotda olganda menga aniq pas berishini sezgandim. SHu bois to'p oshirilayotganda gol urishga tayyor turgandim.
- Gol oxirgi daqiqalarda kiritildi. Penaltidan ham foydalana olmaganinglarda g'alabaga bo'lgan ishonch so'ngganmidi?
- Yo'q, bunday hayolga bormadim. CHunki biz g'alabaga loyiq o'yin ko'rsatayotgandik. 11 metrdan gol ura olmaganimizdan keyin ham faollikni yanada oshirdik. SHaxsan o'zim maydonga tushayotganimda ham hotirjam edim va yutishimizga ishongandim. Gvazava penaltini ura olmaganda uning yoniga borib tushkunlikka tushma albatta to'p kiritamiz deb ruhlantirdim. Bu gaplarim unga kuch bag'ishlagan bo'lishi mumkin. Gol urishimizni yuragim sezgandi.
- Jamoadoshlaringiz ikkinchi marta 11 metrli zarbadan foydalana olishmadi. Umuman “Neftchi”da shtatli penaltichi kim?
- “Olmaliq” bilan bahsda murabbiylar Kleckovni tepishini aytishgandi. Sababi u “Qo'qon-1912” bilan bo'lgan bahsda penaltilar seriyasida o'zini ko'rsatgandi. Lekin Kleckov penaltidan gol ura olmadi. Bugungi uchrashuvda 11 metrdan to'pni Gvazava tepishga ko'rsatma berishdi. Balki hayajon bo'lgani uchun u ham adashdi. Ilgari “Navbahor” va “Dinamo”da o'ynagan paytlarimda penaltilardan ko'p gol urganman. Agar keyingi o'yinlarda Murod aka penalti tepish vazifasini menga yuklasa bunga tayyorman. CHunki bu borada har holda tajribam bor va avval bunday masuliyatlarni o'z zimmamga olganman.
- Keyingi ikkita turda “Bunyodkor” va “Lokomotiv”ga qarshi jiddiy raqiblar bilan kuch sinashasizlar. Bu o'yinlarda ochko olish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Ko'ryapsiz, bu mavsumda “Lokomotiv” va “Bunyodkor”ga boshqa jamoalarga qarshi o'yinlarda ham oson bo'lmayapti. G'alabadan keyin kayfiyatimiz ko'tarilgan va “Bunyodkorga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz. Amaldagi chempionga munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qilamiz. Bizning tarkibimiz ham kuchsiz emas. SHuning uchun “Bunyodkor” bilan ham, “Lokomotiv” bilan ham bemalol o'ynasa bo'ladi. Qolaversa, har bir jamoa etakchilarga qarshi boshqacha ishtiyoq bilan o'ynaydi. Ayniqsa, kayfiyatning yuqoriligi jamoaga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi.
- “Neftchi” safida ikkinchi golingizni urishga erishdingiz. Sizni bu yil to'purarlar bahsida ko'rishimiz mumkinmi?
- Xudo xohlasa, gollarim bilan “Neftchi”ga foyda keltirishga va to'purarlar orasida yurishga harakat qilaman. To'g'ri, bu yil gollar hisobini juda kech ochdim. Faoliyatimda birinchi marta chempionat boshlanib ketma-ket 7ta uchrashuvda gol ura olmadim. Ilgari hech qachon bunday bo'lmagandi. Negadir bu yil shunday bo'lib qoldi. Balki avvalgi bahslarda ko'proq yarim himoya chizig'ida o'ynaganim uchun ham shunday bo'lgandir. Hujumchi to'p kirita olmasa unga ikki barobar yuqori bosim tushadi. Boshqalarda bilmadim, menda shunday bo'ladi. Mana ikkinchi to'pimni ham kiritdim. Bundan keyin ham gol urishda to'xtab qolmaslikka harakat qilaman.
Boburbek Tursunov suhbatlashdi.

Fikrlar