Roy Kin Maykl Kerrik MYUga mos kelmaydi deb hisoblaydi: "Ikki o'yinda har kim g'alaba qozonishi mumkin"
26 jan 14:04
Yangiliklar
Roy Kin Maykl Kerrik MYUga mos kelmaydi deb hisoblaydi: "Ikki o'yinda har kim g'alaba qozonishi mumkin"
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Roy Kin jamoa bosh murabbiyi sifatida Maykl Kerrikning faoliyati haqida fikr bildirdi.
25 yanvar kuni APLning 23-turida MYU "Arsenal"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Bu Kerrik qo'l ostidagi ikkinchi g'alaba bo'ldi. 17 yanvar kuni "qizil iblislar" APL doirasida "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida dog'da qoldirgandi.
"Kerrik hamon bu ishga mos emas. Bu kulgili. Ikkita ajoyib o'yin… Ikki o'yinda har kim g'alaba qozonishi mumkin. Hatto agar MYU mavsumni to'rtinchi o'rinda yakunlasa ham, men uni bu lavozimga munosib deb hisoblamayman. Mutlaqo yo'q", – dedi Kin.

Manchesterliklar sobiq sardorining fikricha, jamoaga nomdor va obro'li murabbiy kerak.
"Ularga kuchli va obro'li murabbiy zarur. Biroq unda imkoniyat bor! Va bilasizmi nima? U bu imkoniyatdan foydalanyapti", – deya qo'shimcha qildi Kin.
O’xshash yangiliklar
08:46
"Agar ochkolarni yo'qotsak, hamma narsa tugaydi". Gvardiola - "Vest Xem"ga qarshi o'yin haqida 3
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar