So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Rossiya terma jamoasining Belgiya va Qozog'istonga qarshi tayyorgarligi haqida batafsil (VIDEO) Yangiliklar

Rossiya terma jamoasining Belgiya va Qozog'istonga qarshi tayyorgarligi haqida batafsil (VIDEO)

Rossiya terma jamoasi Evro-2020 saralash bosqichi startiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Stanislav CHerchesov boshchiligidagi terma jamoa yakshanba kunidan boshlab yig'inga kirishgan. Dastlab mahalliy futbolchilar yig'inga etib kelishdi. So'ngra "Zenit" va "Spartak" futbolchilari qarorgohga kelib qo'shilishdi. So'ngra "Valensiya" safida o'ynayotgan Denis CHerishev kecha terma jamoa yig'iniga qo'shildi.

Ayni paytda Rossiya terma jamoasi Novogorskdagi mashg'ulotlar bazasida Belgiya va Qozog'iston terma jamoalariga qarshi bo'ladigan Evro-2020 saralash uchrashuvlariga taraddud ko'rmoqda.

Yig'inga taklif etilgan Ilya Kutepov va Roman Zobnin jarohatlari tufayli terma jamoa lagerini tark etishdi.

Stanislav CHerchesov bo'lajak o'yinlarda jamoani sardor sifatida Artyom Dzyuba boshlab tushishini malum qildi. Darvozabon masalasida esa vaziyatga qarab qaror chiqarilishi takidlandi. Avvalroq esa CHerchesov yaqin kelajakda jamoaning birinchi raqamli kiperi "Zenit" darvozaboni Andrey Lunyov bo'lishini elon qilgandi.

Rossiya terma jamoasi matbuot xizmati ochiq holda o'tayotgan mashg'ulotlardan video va foto lavhalarni doimiy tarzda muxlislar va OAV etiboriga havola etmoqda. SHuningdek, har kungi mashg'ulot jarayonlari jurnalistlar uchun ochiq holda o'tkazilmoqda. Har kungi mashg'ulotlardan keyin terma jamoa futbolchilari OAV vakillari bilan ochiq muloqotda bo'lib, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishmoqda.

Qayd etish kerakki, Novogorskdagi mashg'ulotlar bazasi muxlislar uchun ham ochiq. Yani, muxlislar o'z suyuklilaridan esdalik uchun dastxat olib, suratga tushishmoqda.

Quyida Rossiya terma jamoasi matbuot xizmati jamoaning har kungi mashg'ulotlari va qiziqarli jarayonlari tasvirlangan video va foto lavhalarni taqdim etamiz:


Rossiya terma jamoasining yig'ini doirasidagi 1-kun


Rossiya terma jamoasining yig'ini doirasidagi 2-kun


Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi 21 mart kuni mehmonda Belgiya bilan, keyin esa Astanada Qozog'iston terma jamoasiga qarshi Evro-2020 saralash bosqichi doirasida bahs olib boradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика