CSKA va Abbos Fayzullaev - Rossiya Superkubogi sohibi
12 iyu 2025 22:11
Yangiliklar
CSKA va Abbos Fayzullaev - Rossiya Superkubogi sohibi
Rossiya Superkubogi - 2025 uchun o'tgan "Krasnodar" - PSKA o'yini yakuniga etdi.
Jamoalar Qozon shahridagi "Ak Bars Arena" stadionida o'zaro bahs olib borishdi.
O'yin taqdirini Moskva jamoasi tomonidan urilgan yagona gol hal qildi. 48-daqiqada CSKA himoyachisi Igor Diveev burchakdan uzatilgan to'pni raqib darvozasiga kiritdi.
Shu tariqa CSKA Rossiya Superkubogi - 2025 g'olibiga aylandi. Klub o'z tarixida sakkizinchi marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. Faqat "Zenit" (9) Superkubokni ko'proq yutgan. "Krasnodar" klub tarixidagi ikkinchi sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatini boy berishdi. "Buqalar" o'tgan mavsum ilk bor mamlakat chempioni bo'lishdi.
"Armiyachilar" safida yarim himoyachi Abbos Fayzullaev 79-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi.

O’xshash yangiliklar
03:05
ECHL. "Arsenal" javob uchrashuvida "Bayer"ni mag'lubiyaga uchratib, chorak finalga yo'l oldi 18
01:35
Ertak yakunlandi. "Sporting" "Bude Glimt" qarshi kambek amalga oshirib, keyingi bosqichga yo'l oldi 27
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar