Afg'oniston terma jamoasi Rossiyaga o'rtoqlik o'yini o'tkazish taklifini berdi
08 iyu 15:54
Yangiliklar
Afg'oniston terma jamoasi Rossiyaga o'rtoqlik o'yini o'tkazish taklifini berdi
Afg'oniston futbol federaciyasi matbuot kotibi Mustafo Hoshimi Rossiya terma jamoasi bilan ehtimoliy o'rtoqlik o'yini bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi.
"Bu yil Rossiya terma jamoasi bilan o'yin bo'lishi mumkin. Bu masala FFA prezidenti kun tartibida bor. Biz Rossiya bilan o'ynashni istaymiz. Sentyabr oyiga CAFA turniri belgilangan, shuning uchun noyabr oynasi – eng mos vaqt. Bu o'yin tashkil etilsa, juda xursand bo'lardik", – dedi Hoshimi.
2022 yilning fevral oyidan boshlab Rossiya jamoalari FIFA va UEFA rasmiy turnirlaridan chetlashtirilgan. FIFA reytingida Afg'oniston 154-o'rinda, Rossiya esa 39-o'rinda.
Malumot o'rnida, Afg'oniston 29 avgustdan 8 sentyabrgacha CAFA musobaqasida ishtirok etadi. Terma jamoa Tojikiston, Eron va Malayziya bilan bir guruhdan joy olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar