So’nggi yangiliklar

11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  0 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  3 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  0 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  0 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  3 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  1 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  2 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  2 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  9 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2

Rossiya premer ligasi, 2-turning markaziy o'yini: SHomurodov yana "Spartak" darvozasiga yo'l topadimi? Yangiliklar

Rossiya premer ligasi, 2-turning markaziy o'yini: SHomurodov yana "Spartak" darvozasiga yo'l topadimi?

Bugun Rossiya premer ligasining navbatdagi, yani 2-tur bellashuvlariga start beriladi.

Saytimiz turning markaziy to'qnashuvi, O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov harakat qiladigan "Rostov" hamda "Spartak" jamoalari o'rtasidagi bahsga etibor qaratadi.

Turning markaziy bahsi shubhasiz Rostovda o'tadi. Karpin boshchiligidagi "Rostov" o'z uyida "Spartak"ni mehmon qiladi. Oleg Kononov jamoasi namoyish etayotgan futbol Rossiyada katta tanqidlar ostida qolmoqda. Birinchi turdagi "Sochi" bilan o'yindan keyin esa bu tanqidlar shamoli yanada kuchaydi. Garchi jamoa g'alaba qozongan bo'lsada, "Spartak"ning debyutant bilan o'tkazgan o'yini hech kimda iliq taassurot qoldirmadi. "Spartak"ning hozirgi holatidan kelib chiqsak, "Rostov" bilan o'yinda Kononov jamoasi tub o'zgarishlarga qo'l urishi qiyinroqdek ko'rinmoqda. 

Oleg Kononov yangi qurayotgan jamoasida o'tgan yili "Arsenal" (Tula)da ish bergan tandem Bakaev - Mirzov juftligidan foydalanmoqchi. Lekin "Spartak" muxlislari mazkur tandem yuqori maqsadlarni ko'zlayotgan jamoa uchun etarli bo'lishiga shubha bilan qarashmoqda.

"Rostov" esa birinchi turda yorqin o'yin evaziga "Orenburg"dan ustun keldi. Mazkur bahsda Karpin jamoasining hujumdagi potenciali yuqori ekanligi o'z isbotini topdi. Ayniqsa Ionov - SHomurodov tandemi tuhfa etayotgan gollar "Rostov" muvaffaqiyatining asosiy "kaliti"ga aylanmoqda.

Har ikkala jamoa birinchi turda g'alaba qozondi. Biroq o'yin taraflama olib qaralsa, "Rostov" hozirgi paytda bugungi raqibidan ko'ra optimal formada. Karpin jamoani chempionatga yaxshi holatda olib kirdi.

Bugungi "Rostov" - "Spartak" uchrashuvida nisbatan ustunlik mezbonlar tarafida. Ayniqsa Valeriy Karpin o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'ynashini inobatga olsak, "Rostov" mazkur to'qnashuvga faqat va faqat g'alabani ko'zlagan holda tushadi.

SHuningdek, bugungi kun doirasidan o'rin olgan yana uchta bellashuv bo'lib o'tadi. Yana bir hamyurtimiz Vadim Afonin to'p tepadigan "Orenburg" CSKA mehmoni bo'lsa, "Ufa" o'z uyida "Krasnodar"ni qabul qiladi. Yana bir o'yin esa Samarada "Krilya Sovetov" hamda "Arsenal" (Tula) o'rtasida kechadi.

Eslatib o'tamiz, turning markaziy to'qnashuvi "Rostov" - "Spartak" jamoalarining o'tgan mavsumdagi oxirgi bahsida milliy jamoamiz hujumchisi Eldor SHomurodov moskvaliklar darvozasiga ajoyib gol urishni uddalagan va bu yakunda "Rostov"ning muhim g'alabasini taminlagandi. Karpin bugun ham "Rostov"ning asosiy "snayper"iga umid bog'lagan. SHomurodov esa tabiiyki o'tgan bahsdagi muvaffaqiyatni takrorlashga urinib ko'radi.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика