So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Rossiya futbol sayti O'zbekiston terma jamoasi o'yinini "g'amgin o'yin" deb atadi Yangiliklar

Rossiya futbol sayti O'zbekiston terma jamoasi o'yinini "g'amgin o'yin" deb atadi

Rossiyaning eng mashhur saytlaridan biri Championat.com jahon chempionatiga chiqa olmagan sakkizta terma jamoaga alohida to'xtalib o'tdi. Rus hamkasblarimiz etiboridan JCH-2018ga bora olmaydigan O'zbekiston terma jamoasi ham o'rin oldi.


Maqola muallifi Gollandiya, Uels, Italiya, Slovakiya, AQSH, CHili, Kamerun va O'zbekiston milliy terma jamoalarining nima uchun jahon chempionatiga chiqa olmaganini sabablar bilan keltirib o'tgan.

Masalan, Gollandiyaning chiqa olmaganiga avlodlar almashinuvi, Uelsga Beylning jarohat olgani, Slovakiyaga reglament g'alati kelgani, Italiyaga murabbiyning o'zboshimchaligi, AQSHga autsayder jamoadan mag'lub bo'lgani, CHiliga o'yinchilarning spirtli ichimlik istemol qilgani, Kamerunga esa doimiy janjallar xalaqit bergani aytib o'tilgan.

O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga yo'l ola bilmaganini esa rus futbol sayti "g'amgin o'yin" tufayli deb atadi. Ular bizga shunday baho berishgan: O'zbekiston saralashning ikkinchi raundini ajoyib tarzda o'tkazdi: ettita g'alaba va atigi bir mag'lubiyat. Jamoa keyingi bosqichni ham yaxshi boshladi, biroq qaysidir vaziyatlarda o'ziga o'xshamay qoldi. O'zbekistonning Suriyaga mag'lub bo'lishi umuman kutilmagan hol bo'ldi. Oxirgi Janubiy Koreya bilan kechgan bahsda esa o'ta g'amgin (mayus) futbol namoyish etishdi. Natijada bu jamoa to'plar nisbatiga ko'ra Suriyani uchinchi o'ringa o'tkazib yuborib, o'zi to'rtinchi o'rin bilan cheklandi.

Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика