Ronalduning opasi: "Krishtianuni asrlar davomida eslab yurishadi. Ikkiyuzlamachilar, og'zingizni yuming"
08 dek 2022 00:25
Yangiliklar
Ronalduning opasi: "Krishtianuni asrlar davomida eslab yurishadi. Ikkiyuzlamachilar, og'zingizni yuming"
Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyru Portugaliya terma jamoasi sardorini himoya qildi.
"Olg'a, Portugaliya! Ronaldu zaxirada qolib, kuchini tiklab oldi va boshqalarga ham voqeaning bir qismi bo'lishga imkon berdi.
Biz g'alaba qozondik. Endi keyigi bahs haqida o'ylash lozim.
Ikkiyuzlamachilarning hech bo'lmasa 1% og'zini yumsin. O'zingiz tanovul qilayotgan likopchaga tupurmang.
Kim o'ynashidan qatiy nazar Portugaliyani qo'llab-quvvatlang. Portugaliya - bu jamoa, faqat Ronaldu emas. Terma jamoani, murabbiyni va asosiysi Ronalduni hurmat qiling. Uni asrlar davomida eslab yurishadi, uning muvaffaqiyatlari unutilmaydi.
Ukajon, sen bilan faxrlanaman" - deb yozdi Elma Aveyru.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar