So’nggi yangiliklar

02:50Иброҳим Ибрагимов: "Сўғдиёна"нинг нозик томонларини ўрганиб чиққандик"  1 02:15Францияда ҳам чемпионат старт олди  0 01:57АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  19 01:33Башар Ресан: "Бу ғалабали йўлни "Андижон"га қарши ўйинда ҳам давом эттирмоқчимиз"  2 01:20"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Ноттингем"га ўтиши мумкин  0 01:00"Ал Ҳилол" қачон Қаршига келади? "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги тақвими маълум  1 00:49Уго Экитике - АПЛнинг 2025/26 йилги мавсуми илк голи муаллифи!  1 00:32"Байер" Эрик тен Хаг қўл остидаги илк расмий ўйинида йирик ғалаба қайд этди  2 00:06ЛаЛига қайтди! Илк ўйинда Мадрид жамоаси Каталонияда ғалабага эришди  0 23:57Жованни Леони дунёнинг энг яхши ҳимоячиси кимлигини айтди  1 23:40Ханс-Дитер Флик: "Учта соврин - бошланиш ҳолос"  8 22:59Иван Бошкович: "Бугун биз яхши рақибга мағлуб бўлдик, бундан трагедия ясаш керак эмас"  3 22:30"Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячини 35 миллион еврога сотиб олди  0 22:15"Андижон"га қарши ўйин, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги имконияти, бугунги ҳимоявий ўйин ҳақида - Камолиддин Тожиев иштирокидаги матбуот анжумани  6 21:47"Андижон"нинг халқаро майдондаги ўйинлари тақвими маълум қилинди  19

⚡️ Ronalduning JCHdagi umumiy statistikasi Yangiliklar

⚡️ Ronalduning JCHdagi umumiy statistikasi

Portugaliya TJ sardori Krishtianu Ronaldu katta ehtimol bilan mundialdagi oxirgi uchrashuvida maydonga tushdi.

Kechagi, Marokashga qarshi bahs u uchun omadsiz yakunlandi. FIFA mediasi 37 yoshli forvardga musobaqadagi ishtirokiga atab videorolik tayyorladi va unga minnatdorchilik bildirdi. Ronaldu 5 ta mundialda gol urgan ilk futbolchiga aylangan haqida xabar bergandik. 

Uning turnirdagi umumiy statistikasi bilan tanishtiramiz.

Debyut – 2006 yil guruh bosqichi doirasida Angolaga (1:0) qarshi bo'lib o'tgan;

Ilk gol – 2006 yil guruh bosqichi doirasida Eronga (2:0) urilgan;

Ilk assist – 2010 yil guruh bosqichi doirasida SHimoliy Koreya (7:0) bilan bahsda yuz bergan;

Xet-trik – 2018 yil guruh bosqichi doirasida Ispaniya (3:3) bilan o'yinda 3 ta gol urgan va musobaqada xet-trikka erishgan yoshi eng katta futbolchiga aylangan (33 yosh-u, 131 kunlik).

22 ta o'yinda ishtirok etgan;

10 ta g'alaba qo'lga kiritilgan;

5 ta durang;

7 ta mag'lubiyat;

Sariq kartochkalar – 4 ta (2006, Eron; 2010, Kot-d'Ivuar; 2018, Eron, 2018, Urugvay);

23 ta uchrashuvda qaydnomadan joy olgan. Ularning 20 tasida asosiy tarkibda maydonga tushgan, 2 tasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan va faqatgina bir bor (2006 yil, guruh bosqichi, Meksika – 2:1) zaxirada qolgan.

Gollari – 8 ta (2006, Eron – 1 ta gol; 2010, SHimoliy Koreya – 1; 2014 va 2022, Gana – 2; 2018, Ispaniya – 3, 2018, Marokash – 1);

Assistlari – 2 ta (2010, SHimoliy Koreya – 1; 2014, AQSH – 1);

Gol yoki assist qayd etgan bahslarda jamoasi yutqazmagan:

JCH-2006, guruh bosqichi: Portugaliya – Eron 2:0 (gol);

JCH-2010, guruh bosqichi: Portugaliya – SHimoliy Koreya 7:0 (gol+assist);

JCH-2014, guruh bosqichi: Portugaliya – AQSH 2:2 (assist);

JCH-2014, guruh bosqichi: Portugaliya – Gana 2:1 (gol);

JCH-2018, guruh bosqichi: Portugaliya – Ispaniya 3:3 (xet-trik);

JCH-2018, guruh bosqichi: Portugaliya – Marokash 1:0 (gol);

JCH-2022, guruh bosqichi: Portugaliya – Gana 3:2 (gol).

Eng yaxshi natijasi – 2006 yil, 4 o'rin (bronza uchun bahsda Germaniya imkoniyat boy berilgan – 1:3);

Man of the match – 7 marta uchrashuvlarning eng yaxshi futbolchi deb topilgan (bu borada undan oldinda faqatgina Lionel Messi bor – 10 ta);

Ronaldu 5 ta mundialda maydonga tushgan futbolchilar qatoridan joy oldi. Bunday natijaga Antonio Karbaxal, Andres Guardado, Rafael Markes (uchchalasi Meksika), Lotar Matteus (Germaniya), Lionel Messi (Argentina) ham erishgan;

Ronaldu musobaqada 8 ta gol urgan futbolchilar (umumiy to'pururlar ichida 16-26-o'rinlar) ro'yxatiga kirdi. Bunday natijaga Gilermo Stabile, Diego Maradona (Argentina), Leonidas da Silva, Neymar, Rivaldo (uchchalasi Braziliya), Oskar Miges (Urugvay), Xarri Keyn (Angliya), Rudi Fyoller (Germaniya) ham erishgan;

Penaltidan urilgan gollar – 3 ta;

Jarima zarbasidan urilgan gollar – 1 ta;

Jarima maydoni tashqarisidan urilgan gollar – 1 ta;

Jarima maydoni ichidan urilgan gollar – 3 ta;

CHap oyoqda – 2 ta gol;

O'ng oyoqda – 5 ta gol;

Bosh bilan – 1 ta;

Umumiy zarbalar – 102 ta;

Aniq zarbalar – 36 ta;

Jarima zarbasini amalga oshirgan – 26 marta;

Muvaffaqiyatli driblinglar soni – 36 ta;

Golga yaratuvchi pas bergan – 26 marta;

Umumiy o'tkazgan vaqti – 1,762 daqiqa.

Vanihoyat, Ronaldu qatnashgan mundiallarda Portugaliya TJning natijasi:

2006 – 4 o'rin (Germaniya – 1:3);

2010 – 1/8 final (Ispaniya – 0:1);

2014 – guruh bosqichida 3-o'rin (AQSH va Germaniya chiqqan, Gana oxirgi bo'lgan);

2018 – 1/8 final (Urugvay – 1:2);

2022 – 1/4 final (Marokash – 0:1).

YAKUN...

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика