⭐️ Ronalduning “Al Nassr”dagi debyuti Masharipov maydonga qaytadigan vaqtda yuz berishi mumkin. Hozirda jamoada 9 legioner bor
02 jan 2023 08:55
Yangiliklar
⭐️ Ronalduning “Al Nassr”dagi debyuti Masharipov maydonga qaytadigan vaqtda yuz berishi mumkin. Hozirda jamoada 9 legioner bor
Avvalroq, Jaloliddin Masharipov qatorasiga uch o'yindan beri “Al Nassr”ning qaydnomasidan o'rin olmayotgani haqida xabar bergandik.
Masharipovning o'zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidagi jonli efir vaqtida keyingi o'yinda maydonga qaytishini aytib o'tdi. Riyodliklarni 5 yanvar kuni (20:00) Saudiya Arabistoni chempionati 12-turi doirasida o'z maydonida “Al Tai”ga qarshi bahs kutmoqda.
“Besoccer” manbasiga ko'ra, Krishtianu Ronaldu mazkur bahsda yangi jamoasidagi debyutini o'tkazishi kutilmoqda. Hozirda "Al Nassr"da legionerlar soni 9 nafarga etdi. Musobaqa reglamentidagi limit esa 8 nafar xorijlik futbolchiga mo'ljallangan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar