Ronalduni “Udineze”ga chaqirishmoqda
21 sen 2022 23:07
Yangiliklar
Ronalduni “Udineze”ga chaqirishmoqda
"Udineze" Italiya chempionatini ajoyib tarzda boshladi. Etti turda friuliyaliklar 16 ochko jamg'arib, “Napoli” va “Atalanta”dan bir ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida uchinchi o'rinda joylashgan.
“Udineze” darvozaboni Marko Silvestri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Krishtianu Ronalduni belgilab, hazil qilgan holda uni jamoaga taklif qildi. "Udineze" matbuot xizmati o'z futbolchisining xabarini ulashib, izohlarda smaylik belgilandi.
Aytish joizki, Krishtianu Ronaldu 2022/2023 yilgi mavsumni ko'ngilsiz tarzda boshladi. Portugaliyalik hujumchi sakkiz o'yinda atigi bitta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar