Ronalduga nisbatan jinoiy ish ochilishi mumkin
03 dek 2016 14:16
Yangiliklar
Ronalduga nisbatan jinoiy ish ochilishi mumkin
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliq to'lashdan bo'yin tovlagani uchun unga nisbatan jinoiy ish ochilishi mumkin.
Ronaldu turli sxemalarni ishga solib soliq to'lashdan qochgan bo'lishi mumkin. Malum bo'lishicha, u Dublinning Multisport Image Management kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini imzolagan. Irlandiyada daromad solig'i 12,5%, Ispaniyada esa 43,5%ni tashkil qiladi.
Oldlinroq Spiegel nashri Ronaldu 150 mln. evro miqdoridagi soliqni Jorje Mendesh ishlab chiqqan sxema orqali yashirganini elon qilgandi. Keyinroq Moendesh kompaniyasi Ronaldu barcha soliqlarni to'lagani haqida malum qildi. Football Leaks guruhi yaqin uch hafta ichida bu ish bo'yicha mojaroli malumotlarni taqdim etishi kutilmoqda.
Fikrlar