Ronaldu: SHalke-04 ustidan qozonilgan g'alaba, klassiko oldidan o'zimizga bo'lgan ishonchni oshiradi
20 mar 2014 09:35
Yangiliklar


Ronaldu: SHalke-04 ustidan qozonilgan g'alaba, klassiko oldidan o'zimizga bo'lgan ishonchni oshiradi
Real hujumchisi Kristianu Ronaldu SHalke-04 ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlarini aytib o'tdi.
SHalke-04 bilan bo'lib o'tgan o'yin biz uchun ijobiy yakun topdi. Ushbu g'alaba bizga yakshanba kuni Barselonaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan o'zimizga bo'lgan ishonchimizni oshiradi.
Barchasi bosqichma bosqich amalga oshib kelmoqda. Biz guruh bosqichini ajoyib o'tkazdik, ko'plab gollar urdik, SHalke-04ni mag'lubiyatga uchratdik.
Ko'ramiz, keyingi bosqichda bizga kim raqib bo'larkin. Biz o'zimizga yuklatilgan vazifani bajarishimiz lozim. Mavsumni uchta sovrinni qo'lga kiritgan holda yakunlaymiz, – deb aytib o'tdi portugaliyalik futbolchi.

Fikrlar