Ronaldu MYUda kimni haqiqiy professional deb biladi?
17 noy 2022 10:49
Yangiliklar
Ronaldu MYUda kimni haqiqiy professional deb biladi?
Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" futbolchilari orasida professionalligi bilan ajralib turadigan futbolchi haqida gapirdi.
Ronaldu u qadrlaydigan fidoyilik va o'z kasbining ustasi qanday bo'lishi borasida savolga qo'yidagicha javob berdi:
"Men faqat "Manchester Yunayted"da ko'rganlarimni aytishim mumkin. Diogu Dalot – haqiqiy namuna, u yosh, aqlli va professional. Uning futbolda muvaffaqiyat qozonishiga shubham yo'q. Yana bir necha yigitlar ham bor – Martines, Kazemiro, garchi u 30 yoshdan oshgan bo'lsa-da. Men Dalotni bu borada eng yaxshi, deb aytgan bo'lardim".
23 yoshli Dalot 2018 yildan buyon "qizil iblislar" tarkibida to'p tepadi. 2020/21 yilgi mavsumni "Milan"da ijara asosida o'tkazdi. Eslatib o'tamiz, u Ronaldu bilan birga yaqinda start oladigan Qatardagi JCH-2022da Portugaliya terma jamoasi safida o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar