So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  5 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  83 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  4 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

Ronaldu komadan qutqargan bola Yangiliklar

Ronaldu komadan qutqargan bola

O'tgan yilning yozida polshalik 14 yoshli David Pavlashik ismli bolakay velosipeddan yiqilib, og'ir jarohatlanadi va koma holatiga tushib qoladi.
Bolasini omon saqlab qolish maqsadida ota-onasi zudlik bilan uni ixsoslashgan bolalar shifoxonasiga olib borishadi. SHifokorlar yigitchani sinchkovlik bilan tibbiy ko'rikdan o'tkazgach, bola uchun u sevgan muhitni yaratib berish lozimligini maslahat berishadi.

David esa Madridning “Real” klubi hamda shaxsan Krishtianu Ronalduning ashaddiy muxlisi edi. SHu sababli Pavlashikka o'z kumiri haqida doimiy ravishda malumot etkazib turilishini taminlash kerakligi aytildi.

U komada yotgan uch oy davomida unga “naushnik” orqali Krishtianu Ronaldu haqidagi yoqimli xabarlar eshittirib borildi. SHuningdek portugaliyalik futbol yulduzi ishtirokidagi barcha o'yinlardan radio-translyaciyalar tinglantirildi. Barcha-barchasi.

Muolaja shu zaylda davom ettirilib kelingach, 2013 yilning 13 noyabr kuni Jahon CHempionati saralash bosqichi doirasidagi o'yinda Krishtianu Ronaldu SHveciya terma jamoasi darvozasiga gol kiritgan mahalda, uch oylik komadan keyin bolakay o'ziga keldi.

Bu voqeadan xabar topgan Polshaning “Fact” gazetasi tez orada bu haqida maqola chop etdi va qalblarni titratuvchi bu voqeadan juda ko'pchilik xabar topdi. SHu qatorda Ronalduning o'zi ham.

David Pavlashik voqeasi Krishtianuni juda tasirlantirdi va futbol yulduzi u bilan uchrashishga qaror qildi. SHu maqsadda u Davidni CHempionlar Ligasi doirasidagi “Borussiya”ga qarshi o'yinni tomosha qilish uchun “Santyagu Bernabeu"ga taklif etdi.



O'yindan so'ng Ronaldu tribuna ostida joylashgan xonalardan birida polshalik ashaddiy muxlisi bilan uchrashdi. U bilan birga suratga tushdi va “Borussiya” bilan o'yinda kiygan  o'z futbolkasini sovg'a qildi. Bunga javoban esa David unga qizil oq rangli sharf hadya etdi.

Abror QODIROV tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика