Ronaldu "Al Nassr"ning Tehronda bo'lib o'tadigan "Istiqlol"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasiga kiritilmadi. Nega?
02 mar 20:08
Yangiliklar
Ronaldu "Al Nassr"ning Tehronda bo'lib o'tadigan "Istiqlol"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasiga kiritilmadi. Nega?
Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi o'yin uchun "Al Nassr" bilan Eronga bormaydi.
Hujumchi 3 mart kuni Tehronda bo'lib o'tadigan 1/8 final doirasidagi "Istiqlol" bilan o'yin uchun jamoa qaydnomasiga kiritilmadi.
Oldinroq, Ronalduning xavfsizligi uchun masul bo'lgan xizmat futbolchiga Tehronga bormaslikni tavsiya qilgani malum bo'lgandi, sabab uning Eronga avvalgi tashrifi vaqtida portugaliyalikni ko'rish istagida bo'lgan odamlar ko'pligi sababli tartibsizliklar yuzaga kelgandi.
Xabar berilishicha, "Al Nassr" "Istiqlol"dan o'yinni uchinchi mamlakatga ko'chirishni so'ragan, ammo Eron klubi saudiyaliklarga rad javobini bergan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar