Ronaldu: "Al Nassr"ga oldinroq kelmaganimdan afsusdaman"
12 dek 2023 22:10
Yangiliklar
Ronaldu: "Al Nassr"ga oldinroq kelmaganimdan afsusdaman"
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi jamoasida ishtiyoqi yuqori ekanligini aytdi.
"Al Nassr"da juda baxtliman. Ushbu klubda o'zimning eng yaxshi o'yinlarimni namoyish qilishni istayman. "Al Nassr"ga oldinroq kelmaganimdan afsusdaman. Ayni damda shu erdaman va jamoaning g'alabalarida munosib hissamni qo'shayotganimdan mamnunman.
Evropadagi faoliyatimdan ko'ra "Al Nassr"da ikki karra ko'proq kuch bilan o'ynashga harakat qilaman va ushbu ajoyib klub uchun mehnat qilishdan to'xtamayman", - dedi 38 yoshli portugaliyalik futbolchi.
Ronaldu o'tgan yilning dekabrida "Al Nassr"ga borib qo'shildi. U 2023 yilda klubi va termasi tarkibida 50ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar