So’nggi yangiliklar

12:02Маноло Гонсалес — Ла Лиганинг апрелдаги энг яхши мураббийи  0 11:45Асилбек Алиев: "Турнир бошидан чемпионликни мақсад қилган эдик"  2 11:15"Реал" — йилнинг энг яхши жамоаси  12 10:47Неъматуллоҳ Рустамжонов: "Қош қоқиш? Араб футболчисининг кайфиятини кўтармоқчи эдим"   12 10:10«Спортинг» Виктор Гёкерешнинг нархини туширди. Унга асосий даъвогар маълум  3 09:36Италия чемпиони «олтин учрашув»да аниқланиши мумкин  6 09:00МЮ ёздаги асосий трансфер мақсадини аниқлаб олди  0 08:32«Ливерпуль» яна уч нафар асосий таркиб футболчиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 07:58Исломбек Исмоилов: «Ҳозирги ҳис туйғуларни таърифлаб бўлмайди»  11 07:35Саудия чемпионати. "Ал Ҳилол" ўз майдонида дуранг қайд этди, "Ал Иттиҳод" эса 3 та гол уриб ғалаба қозонди  0 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 07:11Суперлига. Пенальтини голга айлантира олмаган Колесниченко ўйинда гол уриб "Сурхон"га ғалаба келтирди  1 02:15АПЛ. "Ноттингем Форест" "шпорлар"ни мағлуб этди ва ЧЛ йўлланмаси учун курашни давом эттирмоқда  5 02:11"Авелино" лаънатланган клубми? Нега ҳар сафар улар лигани ўзгартирса Рим Папалари вафот этади?  5 00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  16

Ronaldo: “Mening tarixim va gollarim unutilmaydi” Yangiliklar

Ronaldo: “Mening tarixim va gollarim unutilmaydi”

Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo ortiqcha tanishtiruvga muhtoj emas. Luis Nazario de Lima Ronaldo deb chaqirish biroz cho'zilib ketadi, shu bois ham barcha uni Ronaldo yoki bo'lmasa “Fenomen” deb chaqiradi.
Darhaqiqat, u jahon futbolidagi eng kuchli hujumchilardan biri sanaladi. O'z vaqtida “Kruzeyro”, PSV, “Barselona”, “Inter”, “Real Madrid”, “Milan” va “Korintians” kabi klublarda to'p surgan hamda jahon chempionatlarida jami 15ta gol urgan “so'yloq”dan yaqinda FIFA rasmiy sayti vakillari intervyu olishdi. Aytgancha, bundan 20 yil muqaddam yani, 1993 yili Ronaldo professional futbol sari dastlabki qadamni qo'ygandi. Hamkasblarimiz suhbat davomida dastlab shunga etibor qaratishdi.

-   Ronaldo, bu yil professional futboldagi dastlabki faoliyatni boshlaganingizga 20 yil to'ldi. Katta futboldagi birinchi kun haqida nimalarni xotirlaysiz?
-   Bunga ancha bo'ldi. Lekin nimalar ro'y bergani xuddi kechagidek esimda. “Kruzeyro”dagi dastlabki qadamlarimni juda yaxshi eslayman. Men doim futbolchi bo'lishni xohlaganman va erta-yu kech shu haqda o'ylardim. Ilk bor maydonga chiqqanimda oyoq-qo'llarim qaltirab, o'zimni yo'qotib qo'ygandim. Ammo tez orada o'zimga kelib olishim shart edi.

-   Murabbiy sizni o'yin qaydnomasiga kiritganida nimalarni his qilgansiz?
-   Boshida o'zimni yo'qotib qo'ygandim. Lekin shu bilan birga juda xursand bo'lgandim. Men doim maydonga chiqib to'p tepishni istardim. SHu bois asablarimni jilovlab olishga harakat qildim. Odatda hamma futbolchilarda o'yindan oldin hayajon bo'ladi. Bu hol menda ham doim yuz bergan.
 
-   Bu haqda birinchi bo'lib kimga aytgandingiz?
-   O'sha paytlari qo'l telefonlari yo'q edi. Esimda, u paytlari Bento Ribeyroda (Ronaldoning bolaligi o'tgan Rid de Janeyrodagi tumanlardan biri) yashayotgan o'rtoqlarimning hatto uyida ham telefon bo'lmasdi. O'yin qaydnomasiga kiritilganimdan birinchi bo'lib ota-onam xabar topgandi, keyin boshqalar. Hamma karaxt ahvolda edi. O'yin TV orqali namoyish etilmagani bois dadam hech bo'lmasa eshitish uchun radioni qo'liga olib tepalikka chiqib ketgandi.
 
-   Endi bo'lsa hayotingiz tubdan o'zgardi. Futboldagi ilk maoshni nimaga sarflagansiz?
-   Birinchi maoshimning hammasini onamga bergandim. CHunki uydagilarning hammasida karavot bor bo'lib, faqat men divanda uxlardim. Keyin o'sha pulga onam karavot olib bergandi.

-   Gollandiyaga juda yosh ko'chib ketgansiz. Yangi mamlakatga moslashish qiyin kechmaganmi?
-   Juda qiyin bo'lgandi. Axir men atigi 17 yoshda edim. Gollandiya Braziliyadan ancha farq qiladi. Bir gal havo minus 30 darajagacha sovib ketgandi. Men esa sovuqda qaltirab qolgandim. Biror oshxonaga kirib ovqatlanish ham men uchun muammo bo'lardi, chunki golland tilini bilmasdim. Oficiantga nima deyishni bilmasdan faqat menyuga qarab o'tiraverardim. Men uchun yangi davlatga, yangi iqlimga va yangi chempionatga to'liq moslashib olish uchun ikki yil kerak bo'ldi.

-   Siz “Barselona” va “Real”da, shuningdek “Inter” va “Milan”da to'p surgansiz. Malumki, bu jamoalar bir-biriga ashaddiy raqiblar hisoblanadi. Sobiq jamoangiz muxlislari bilan hech kelishmovchilik yuzaga kelmaganmi?
-   Braziliyalik yozuvchi Nelcon Rodriges aytganidek, doim bir xil fikrlaydiganlar ahmoq deyiladi. SHunday ekan, men qachon bir xil fikrda qolmaganman. Qolaversa, odamlarning ko'p gapiga etibor bermasdim. Va eng muhimi, qaerda o'ynamay, har doim o'sha jamoa muxlislarini xursand qilganman.
 
-   JCH-2014 favoritlari qatoriga kimlarni qo'shasiz?
-   Ispaniya va Germaniya – asosiy nomzodlar. Lekin Braziliyani ham unutmaslik kerak. CHunki biz o'z maydonimizda o'ynaymiz.
 
-   Miroslav Kloze jahon chempionatida yana bitta gol ursa to'purarlik borasida sizga etib olishini bilasizmi?
-   Ha, bu haqda menga ko'p gapirishyapti. Men rekordlar vaqti kelib uni buzish uchun o'rnatilishini yaxshi bilaman. SHunday ekan, bu meni unchalik tashvishga solmayapti. Qachondir rekordimni boshqasi yangilashi mumkin. Men futbolda shundoq ham o'z tariximni yozganman va buni hech kim o'chira olmaydi. Agar Kloze gollari sonini oshirib olsa bundan juda xursand bo'laman, hatto uni alohida tabriklab qo'yishim ham mumkin, lekin bu narsa hech qachon Ronaldo unutildi, endi sahnada Kloze degan manoni anglatmaydi.

Xayrulla Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика