So’nggi yangiliklar

20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  2 20:10Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  140 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  33 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2

Roman Abramovich CHelsining Liverpulga qarshi ikkinchi tarkib bilan o'ynashini maqulladi Yangiliklar

Roman Abramovich CHelsining Liverpulga qarshi ikkinchi tarkib bilan o'ynashini maqulladi

Londonning CHelsi klubi egasi Roman Abramovich jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyuning yakshanba kuni Angliya Premer-ligasi doirasida Liverpulga qarshi o'yinda asosiy bo'lmagan tarkib bilan o'ynash qarorini qo'llab-quvvatladi.
Bu haqda Interfaks axborot agentligi xabar bermoqda.

The Telegraph’ning yozishicha, 27 aprel, yakshanba kuni bo'ladigan Liverpulga qarshi o'yindagi mag'lubiyat CHelsini Angliya chempionligi yo'lidagi imkoniyatlarini to'la yo'qqa chiqarishi mumkin bo'lsa-da, CHelsi rahbariyati jamoa bosh murabbiyining hozirgi qaroriga qarshi emas.

CHelsi 30 aprel, chorshanba kuni Evropa CHempionlar ligasi yarim finali doirasida Londondagi Stemford Bridj stadionida Ispaniyaning Atletiko jamoasiga qarshi javob o'yinini o'tkazadi va shu sabab Mourinyu asosiy o'yinchilarning salomatligi bilan tavakkalchilik qilmoqchi emas.

Portugaliyalik mutaxassisning bu qarori Angliya futbol mutaxassislari tomonidan keskin tanqidlar bilan kutib olindi, xususan, chempionlik poygasida faol ishtirok etayotgan Manchester Siti jamoasi bosh murabbiyi Manuel Pellegrini ushbu g'oyani qoralab chiqdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика