Roman Abramovich "CHelsi" boshqaruvini klub hayriya fondiga topshirdi
27 fev 2022 00:20
Yangiliklar
Roman Abramovich "CHelsi" boshqaruvini klub hayriya fondiga topshirdi
Abramovich "CHelsi" boshqaruvini tark etishga qaror qildi.
"CHelsi" klubi egasi Roman Abramovich Rossiya va Ukraina o'rtasida bo'layotgan ziddiyatlar fonida klub boshqaruvini hayriya fondiga topshirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"20 yil davomida "CHelsi" klubi egasi sifatida faoliyat olib bordim. Klub bugungi muvaffaqiyatlarga erishishi uchun men har doim o'z ishimga klubning qo'riqchisi sifatida yondashdim.
Men har doim klub manfaatlarini birinchi o'ringa qo'ygan holda qarorlar qabul qildim. Aynan shuning uchun ham, men bugun klub boshqaruvini "CHelsi" hayriya fondiga topshirmoqchiman.
Fikrimcha, ular klub, futbolchilar va boshqa hodimlarning manfaatlarini himoya qilish uchun eng munosib kishilardir", -dyob yoziladi Roman Abramovich bergan bayonotda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди
Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"
Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин
U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди
Fikrlar