"Roma" "Yuventus" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
31 iyu 2024 00:44
Yangiliklar
"Roma" "Yuventus" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
"Roma" "Yuventus"ga tegishli bo'lgan 21 yoshli vinger Matias Soule transferini elon qildi.
Futbolchi bilan shartnoma 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Argentinalik hujumchi 2020 yildan buyon Turin klubida to'p tepmoqda. "Yuventus" kattalar jamoasi tarkibida Soule barcha turnirlarda 27 ta o'yinda qatnashib, uchta gol urib, shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.
O'tgan mavsum hujumchi "Frozinone"da ijara asosida o'ynadi va barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portalida berilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil qiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar