So’nggi yangiliklar

10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  0 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  0 09:21"Манчестер Сити"ни мусобақадан чиқариб юборган Арбелоа нималар деди?  5 08:53Садио Мане Сенегалдан чемпионликни олиб қўйилганига кескин муносабат билдирди  6 08:25Гвардиола: "Ҳусанов учун бу EЧЛдаги илк тажриба йили бўлди"  13 07:57Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади  1 07:30Sofascore. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг юқори баҳога лойиқ кўрилди  7 07:30ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2  55 05:55Шиддатли кечган баҳсда ўсмирларимиз Марокашни мағлуб этишди  1 03:05ЕЧЛ. "Арсенал" жавоб учрашувида "Байер"ни мағлубияга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 03:00ПСЖ "Челси"ни иккинчи учрашувда ҳам йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, кейинги босқичга йўл олди  41 02:56Даҳшат! Сенегалдан Африка чемпионлиги олиб қўйилди. Марокаш терма жамоаси финалдан икки ой ўтиб, Африка миллатлар кубоги ғолиби деб топилди!   39 02:55ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  381 01:35Эртак якунланди. "Спортинг" "Буде Глимт" қарши камбэк амалга ошириб, кейинги босқичга йўл олди  26 01:09"Будё Глимт" ЕЧЛда ғалати рекорд ўрнатди  4

"Roma" va "Barselona". Aslida kim haq? Yangiliklar

"Roma" va "Barselona". Aslida kim haq?

Xorij nashrlari Malkomning transferi borasidagi malumotlarga oydinlik kiritib ko'rishdi.

Malkom, "Roma", "Barselona" va "Bordo" so'zlari yozgi transferlar oynasi vaqtida muxlislar o'rtasida ko'p bora ishlatildi. Bu jamoalar bizga quvnoq transferni taqdim qilishdi.

23 iyulning kechasida Malkom Rim reysida edi, "Roma" va "Bordo" futbolchi borasidagi kelishuvni rasman elon qilishdi. Biroq reysga ikki soat qolganida "Barselona" "oraga suquldi" va rimliklarning taklifini ortda qoldirgan holda braziliyalikni o'ziga og'dirib oldi.

Fyumichini aeroportida yarim tungacha navbatchilik qilishdi va futbolchini kutib o'tirishdi. "Roma" esa faks orqali "urush" qilayotgandi. Ular "Barselona"dan ko'ra ko'proq mablag' taklif qilishdi, biroq "Bordo" yanada ko'proq mablag' so'radi. Va yana Malkomni kuta boshlashdi. SHundan keyin italiyaliklar muzokaralardan chiqib ketishdi, futbolchi esa Ispaniya tomon yo'l oldi.

"Aytganimdek, shuning o'zi bizga etadi. CHunki ular savdoni aukcionga aylantirib yuborishdi", - deya norozi bo'ldi Monchi. Palotti ham bunga qo'shimcha sifatida: "Biz yuristlar bilan maslahatlashdik va javobgarlikni "Bordo"ga topshirdik. "Barselona" bezbetlarcha yo'l tutdi. Bu jamoaning kechirimini qabul qilmayman, biroq ular bilan aloqalarni uzmaymiz. Bu klub bizga qaraganda kattaroq. Kelajakda "Barselona" bilan hamkorlikni davom ettiramiz".

Rimliklarning jahli chiqqandi - bu ayon edi. 5 yil oldin Palotta asrlarga teng bo'lgan ASR yozuvini olib tashlab, muxlislarni g'azablantirgandi. O'shanda amerikalik biznesmen etika haqida gapirmadi, biroq eski gerbning o'ziga yoqmaydigan tomonlarini fanatlarga chiroyli qilib tushuntirib bera olgandi.

Bu ham - toza tijorat. "Bordo" hali hech nimaga imzo chekmagandi va o'zlari uchun qulay bo'lgan yo'lni tanladi. Malkom ham hali hech qanday hujjatni imzolamagandi va o'ziga ko'proq yoqqan klub tomon ketdi. "Roma" esa "savdolar aukcionga aylandi" deb, ambiciyalar kurashida mag'lub bo'ldi.

Transferlar oynasi o'zi nima? Bu aukcion emas.

Yana bir malum qilinmagan jihat bor: "Roma" akciyalari - birjada. Bunday klub borasida bu fikrni aytish g'alati (Malkomning transferini ertaroq elon qilish "Bordo"ning iltimosi bo'lgan). Fakt shundaki, "Roma" ushbu transferni yakunlay olmaganidan keyin jamoaning akciyalari narxi anchagina tushib ketdi.

Biroq!
"Bordo" egasi Palotta bilan viski ichib o'tirganida, unga transferni ertaroq elon qilish kerakligini aytgan. Bu esa "Roma" uchun xavfli edi. Keyinchalik Franciya jamoasi prezidenti transfer erta elon qilinganini hurmatsizlik sifatida baholadi.

Bu qonuniy nizolar emas, ishonch masalasi edi. "Roma" akciyalari chindan ham anchagina tushib ketdi. Biroq 26 iyul kuni Palottaning professional chiqishlaridan biri buni to'xtatdi: "Kechirimni qabul qilmayman, biroq "Barselona" bilan hamkorlikni davom ettiramiz".

Roma ismli bola o'zidan kattaroq bo'lgan Barselona ismli yigitcha bilan qum o'ynab o'tirganida, o'z belkuragini berib qo'ygandek gap bu. "Barselona" "Roma"ni bozor kurashida mag'lub etdi. "Bordo" esa "Roma"ga ham, uning egasiga ham hech qanday tushuntirishlar berishi shart emas.

Albatta, Palottaga rostgo'ylar yoqadi. Ular shu sifati tufayli Malkomning transferini boy berdi. SHunchaki, Palotta ushbu amalga oshmagan transfer orqali o'ziga dars o'tib oldi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика