"Roma" Strotmanni sotishga rozi bo'ldi, ammo futbolchining o'zi bunga qarshi
27 avg 2018 15:30
Yangiliklar
"Roma" Strotmanni sotishga rozi bo'ldi, ammo futbolchining o'zi bunga qarshi
"Roma" yarim himoyachisi Kevin Strotman faoliyatini Franciya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Rim klubi futbolchini "Marsel"ga sotishga rozi bo'ldi. Transfer 28 mln evroga amalga oshishi mumkin. Strotman xizmatlariga "Roma" sobiq ustozi, ayni damda Franciya klubini boshqarayotgan Rudi Garsiya qiziqish bildirmoqda.
Ammo Strotmanning o'zi Rim klubini tark etmoqchi emas. "Ular meni sotib yuborishdi. Ha, endi ketishga to'g'ri keladi" - dedi futbolchi do'stlariga.
Strotman 2013 yildan beri "Roma" sharafini himoya qiladi.
Fikrlar