Roberto Manchini: "Qiyin o'yin bo'ladi"
18 mar 2014 03:01
Yangiliklar


Roberto Manchini: "Qiyin o'yin bo'ladi"
Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi ustozi Roberto Manchini "CHelsi" bilan bo'ladigan bahs haqida gapirib o'tdi.
Angliyaga qaytganimdan bahtiyorman. Bu erda men faoliyatimdagi yorqin damlarni o'tkazganman va "Manchester Siti" jamoasi bilan juda yaxshi ishlaganman. Angliyadan faqatgina yaxshi xotiralar qolgan.
Bilamiz, ertaga juda og'ir o'yin bo'ladi. Bu bahs ikkala jamoa uchun ham oson kechmasligi aniq. "CHelsi"da kichik ustunlik bor. Amalda nima bo'lishini esa ertaga ko'ramiz. Futbolda hech narsani oldidandan aytib bo'lmaydi. Agarda sen o'z kuchingga ishonsang, barchasiga erishish mumkin. Drogba juda ajoyib futbolchi. Uni o'rnini qoplash juda va juda qiyin.

Fikrlar