Roberto Karlos: "Ronaldo 2002 yilgi "Oltin to'p"ni mendan o'g'irlagan"
13 dek 2024 17:16
Yangiliklar
Roberto Karlos: "Ronaldo 2002 yilgi "Oltin to'p"ni mendan o'g'irlagan"
"Men har doim Ronaldoga aytamanki, “Oltin to'p” meniki edi va u uni mendan o'g'irlagan. Jahon chempionati finaligacha favorit ekanligimni eshitgandim. SHunday qilib, men 90 daqiqada sovrindan mahrum bo'ldim. Ammo o'ylab ko'rsangiz, himoyachining "Oltin to'p" uchun so'rovnomada ikkinchi bo'lishi aql bovar qilmaydigan narsa. Unda faqat Bekkenbauer, Zammer va Kannavaro g'alaba qozona olgan. SHu tariqa ikkinchi o'rin katta g'urur uchun sababdir".
O'shanda "Inter" safida to'p tepgan braziliyalik forvard jarohat tufayli 2001/02 yilgi mavsumning aksariyat qismini o'tkazib yuborgandi. U 8 ta gol bilan 2002 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lgan va Germaniyaga qarshi bahsda (2:0) dubl qayd etgan.
Natijada mavsum oralig'ida "Real"ga o'tgan Ronaldo 2002 yilgi "Oltin to'p" sohibiga aylangan, Roberto Karlos ikkinchi, nemis darvozaboni Oliver Kan uchinchi bo'lgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar