"Arsenal" "Real" hujumchisi uchun 80 million evro to'lamoqchi
10 jan 16:37
Yangiliklar
"Arsenal" "Real" hujumchisi uchun 80 million evro to'lamoqchi
"Arsenal" "Real"ga hujumchi Arda Gyuler uchun taklif bilan chiqishga tayyor.
London klubi futbolchini 80 million evroga sotib olmoqchi. Bu haqda turk matbuoti xabar bermoqda.
Oldinroq unga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi. Biroq "qaymoqranglilar" 20 yoshli hujumchisini qo'yib yubormoqchi emas va uzoq yillik rejalariga kiritgan.
Ushbu mavsumda forvard 27 o'yinda qatnashib, 3 gol va 8 assist qayd etdi. Arda 2023 yil yozidan buyon "Real" tarkibida o'ynamoqda.
Uning Madrid klubi bilan kelishuvi 2029 yil yozigacha davom etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar