Robert Levandovski: Butun faoliyatimni bundesligada o'tkazmoqchi emasman
25 iyu 2018 07:45
Yangiliklar
Robert Levandovski: Butun faoliyatimni bundesligada o'tkazmoqchi emasman
Polsha terma jamoasi hujumchisi butun faoliyatini Germaniya bundesligasida davom ettirmasligini malum qildi.
“Bir necha yil oldin butun faoliyatimni bitta chempionatda davom ettirishni xohlamasligimni aytganman. Bu aniq. Ammo hozir kelajagim haqida hech narsa deya olmayman. Faqat bir narsani aytishim mumkin, sog'liq imkon bersa, bir necha yil davomida o'ynashim mumkin ekanligini bilaman”, — dedi Levandovski.
29 yoshli “Bavariya” hujumchisiga hozirda “Manchester Siti”, “CHelsi” hamda PSJ klublari qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar