Risharlison uzoq muddatga safdan chiqdi
16 jan 01:50
Yangiliklar
Risharlison uzoq muddatga safdan chiqdi
"Tottenxem" hujumchisi Risharlison jarohati sababli deyarli ikki oyni o'tkazib yuboradi.
"Shporlar" bosh murabbiyi Tomas Frankning bergan malumotiga ko'ra, futbolchi boldir mushaklarini jarohatlab olgan. Uning aytishicha, Risharlison 7 haftani o'tkazib yuboradi.
Forvard ushbu mavsumda APLning 21 o'yinida qatnashib, 7 gol va 3 assist qayd etdi. U jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.
"Tottenxem" ushbu muddat ichida "Vest Xem", "Borussiya" D, "Bernli", "Ayntraxt", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Nyukasl", "Arsenal", "Fulxem" hamda "Kristal Pelas" jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar