Risharlison: "O'yinlardan oldin Ronaldo, Adriano va Neymar ijrosidagi gollarni tomosha qilaman"
22 sen 2018 13:20
Yangiliklar
Risharlison: "O'yinlardan oldin Ronaldo, Adriano va Neymar ijrosidagi gollarni tomosha qilaman"
"Everton" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlison maydonga chiqishdan oldin Ronaldo, Adriano va Neymar ishtirokidagi videolardan ilhom olishini aytdi.
"Telefonimda Braziliya terma jamoasi safida urgan ikkita golimning videosi bor. Nyu-Yorkdan Liverpulga uchayotganimda bu gollarni 50 marta tomosha qildim. Har safar o'yin uchun avtobusda yo'lga otlanganimizda ilhomlanish uchun Ronaldo, Adriano va Neymarning gollarini tomosha qilaman. Keyin maydonga tushib, ular urgan gollarni takrorlashga urinaman. Bazida futbolchi sifatida nimaga erishganimni tushunish uchun o'z gollarimni ham tomosha qilib turaman" - deydi Risharlison.
Fikrlar