So’nggi yangiliklar

16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 16:08Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" – "Ал Иттиҳод". Таркиблар аниқ!  2 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  0 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  2 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  7 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0 12:25Рабьо ва Роу кийиниш хонасидаги жанжал туфайли "Марсель" машғулотларидан четлаштирилди  1 11:56Варди рафиқаси орзу қилган трансферни амалга ошириши мумкин  1 11:27Эдерсоннинг "Галатасарой"га трансфери: "Манчестер Сити"нинг янги талаблари маълум  0 10:50"Наполи" Лукакунинг жароҳати сабабли АПЛдан ҳужумчи олиб келмоқчи  1 10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0

Rio sari Baxtiyor Ashurmatov bilan Yangiliklar

Rio sari Baxtiyor Ashurmatov bilan

Baxtiyor Ashurmatovning olimpiya terma jamoamizga bosh murabbiy bo'lganini eshitib, ochig'i xursand bo'ldim.
Albatta, Tailandda bo'lib o'tgan "Qirol Kubogi"dagi mojaroli voqeadan so'ng Tohir SHamsiddinovga nisbatan jazo berilishi kutilgandi. Yakunda shunday bo'ldi ham. SHunindek, bosh murabbiy SHuhrat Maqsudovga ham jazo choralari ko'rilsa kerak degan fikrda edik. O'FF bu borada ham bir qarorga kelib, bosh murabbiyni o'z lavozimidan chetlatdi va o'rniga Baxtiyor Ashurmatovni tayinladi.

O'ylaymanki, SHuhrat Maqsudovni istefoga chiqishi birgina SHamsiddinovning nomaqbul harakatlari bilan bog'liq emas. Birinchidan, murabbiy Tailandda natija ko'rsata olmadi: jamoa to'rtta jamoa ichida to'rtinchi o'rinni oladi. Ikkinchidan, Maqsudov bir yil avval Ummonda o'tkazilgan U-22 Osiyo chempionatida ham natija qayd eta olmagandi. O'sha musobaqada ishtirok etgan futbolchilarimiz kuchli tarkibga ega bo'lishiga qaramay, guruhdan chiqa olishmagandi. O'shanda guruhdagi raqiblarimiz Xitoy, Iroq va Saudiya Arabistoni bo'lgandi.

O'ylaymizki, mana shu natijalarning hammasi bir bo'lib Maqsudovning ketishiga sababchi bo'ldi. SHamsidinning qilig'i esa yonib turgan cho'g'ni alangalatib yubordi. Endi yana hammasi boshqatdan boshlanadi. Jamoani 2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o'tkaziladigan Olimpiada o'yinlariga Ashurmatov tayyorlaydi. Ungacha esa kelasi yilning yanvar oyida Qatarda U-22 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi va unda uchta sovrindor jamoa Rio olimpiadasi yo'llanmasiga ega chiqadi. Ungacha esa shu yilning mart oyida Bangladeshda Osiyo chempionatiga saralash o'yinlari o'tkaziladi. Demak, Ashurmatov mana shu musobaqa orqali o'z ishiga kirishadi.

SHuhrat Maqsudov bosh murabbiylikdan ketgach, o'rniga nomzodlar sifatida bazi murabbiylar tilga olindi. Xususan, Dilshod Nuraliev, Aleksey Evstafeev shular jumlasidan edi. Biroq O'FF Ashurmatov varaiantida to'xtaldi. Albatta, Nuraliev ham, Evstafeev ham o'ziga yarasha nomlari chiqqan, biroq ular turli yoshdagi terma jamoalar ishlab ko'rishdi. Masalan, Dilshod Nuraliev o'smir terma jamoamiz bilan Osiyo chempioni bo'ldi, BAAdagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Evstafeev esa Meksikadagi jahon birinchiligida jamoani boshqardi, Turkiyadagi mundialda Ahmadjon Musaevga ko'mak berdi. Xalqaro musobaqalar orqali ozmi-ko'pmi bu murabbiylarning salohiyati malum. Lekin Ashurmatov hammamiz uchun yangi murabbiy hisoblanadi.

To'g'ri, Baxtiyor Ashurmatov yordamchi murabbiy sifatida Osiyo Kubogida ishtirok etdi, lekin buyog'iga bosh murabbiy bo'lgach, bor masuliyatni o'ziga olishiga to'g'ri keladi. Biz uchun jahon chempionatiga chiqish qanchalik qiyin bo'lsa, Olimpiadaga borish mashaqqati undan kam emas. CHunki Olimpiada o'yinlariga Osiyo qitasi uchun atigi uchta o'rin ajratilgan. Ashurmatov talabchan murabbiy ekanligini bilamiz. SHogirdlaridan har o'yinda g'alaba kutadi. Qolaversa, u Nuraliev va Evstafeevdan farqli o'laroq terma jamoada endi ish boshlaydi. SHunday ekan, boshqacha hissiyotlar bilan ishlovchi murabbiyga Olimpiya terma jamoamiz ishonib topshirilgani maqul bo'ldi. Lekin shu erda bir savol qiynayapti: Ashurmatov "Navbahor"ni ham boshqarishda davom etadimi yoki etiborni faqat olimpiya terma jamoamizga qaratadimi? Tez orada bu savolga ham javob olsak ajab emas.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика