Reshford "Liverpul"ga qarshi o'yin haqida: "Biz taslim bo'lganimiz yo'q, bu safsata"
08 mar 2023 22:13
Yangiliklar
Reshford "Liverpul"ga qarshi o'yin haqida: "Biz taslim bo'lganimiz yo'q, bu safsata"
"Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Markus Reshford "Liverpul"dan uchralgan 0:7 hisobidagi mag'lubiyatning sabablari haqida gapirib o'tdi.
"Liverpul"ga qarshi o'yinlar doim ham o'zgacha bo'lgan. Tanaffusdan oldin yuzaga kelgan vaziyatda gol urganimda, vaziyat butunlay boshqacha bo'lardi. Ular o'sha uchrashuvda o'yindagi bog'lamlarimizni uzib tashlashdi. Endi esa hammasini qaytadan boshlash kerak.
"Liverpul"ga qarshi o'yinda taslim bo'ldikmi? Bu safsata, biz taslim bo'lganimiz yo'q. Biz shunchaki tartibsiz, bir-birimizni tushunmasdan futbol o'ynadik. Menimcha, hammamiz tezroq o'yinga qaytishni xohladik va nazoratni yo'qotdik. Yakunda esa hammasi yomonlashib ketaverdi. Men hujum chizig'imiz pressing qilishga uringanini va shu sabab chiziqlar o'rtasida bo'shliq yuzaga kelganini sezdim. O'zaro suhbatlashdik, ammo yakunda baribir nima qilish borasida aniq kelisha olmadik. Biz hozir qilishmiz kerak bo'lgan yagona narsa – yuz bergan narsadan hulosa chiqarish va oldinga harakat qilish", -deydi Markus Reshford.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar