"Real"ning yana bir futbolchisi jarohat oldi
24 sen 2019 17:31
Yangiliklar
"Real"ning yana bir futbolchisi jarohat oldi
"Real" himoyachisi Ferlan Mendi oyog'idan olgan jarohati bois 2-3 haftaga safdan chiqdi.
24 yoshli franciyalik futbolchi chap oyog'idan jarohat oldi. SHunday ekan, futbolchi shanba kungi "Atletiko" bilan o'yinda ishtirok etolmaydi.
Mendi shu yozda "Real"ga "Lion"dan o'tgan edi. Transferi narxi esa 48 mln evro+5mln ni tashkil etgan.
Futbolchi faoliyatini "Gavr"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Mendi 2018 yildan buyon Franciya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Fikrlar